ABSSESS (lot. abscessus — yiring boylagan joy) — terining shikastlangan joyida mikroblar toʻqimalarni yemirishi natijasida yiring toʻplanishi. Yiring boylagan joy qoʻshni toʻqima yoki aʼzolardan yupqa yoki qalin (piogen) parda bilan ajralib turadi. Abssess teri osti kletchatkasida, muskul, suyak, jigar, oʻpka, taloq, miya va b. aʼzolarda yoki ular oraligʻida paydo boʻlishi mumkin. Abssess bir bemorning bir necha aʼzolarida ham kuzatiladi. Abssess mustaqil ravishda yoki boshqa kasalliklar (zotiljam, shikastlanish va h. k.)ning aso-rati koʻrinishida roʻy beradi. Abssess issiq va sovuq boʻladi. Issiq Abssessda yiring boylagan joy qizarib shishadi, bemorning t-rasi koʻtariladi, boshi ogʻriydi, tomiri tez uradi, uxlay olmaydi. Bunday Abssess shiddatli boshlanadi. Ichki aʼzolar (miya, oʻpka, jigar va b.) A. si bemor hayoti uchun xavfli. Sovuq Abssessda yuqoridagi belgilar paydo boʻlmaydi.
Davosi: toʻqima qattiqpashib, hali yiring toʻplanmagan boʻlsa, issiq kilinadi, kvars lampasi bilan nurlantiriladi, penitsillin buyuriladi, yiring boylagan boʻlsa, jarroxlik usuli qoʻllaniladi.