ABDULMALIK ibn NUH

ABDULMALIK ibn NUH (944-961) — somoniylar amiri (954—961). Otasi Nuh ibn Nasr vafotidan keyin oʻn yoshida taxtga oʻtiradi. Nuh ibn Nasr davrida buvayhiylar bilan boshlangan urush A. N. davrida (956) yarash bilan yakun topadi. Abdulmalik Ibn Nuh davrida davlatni idora qilishda lashkarboshilarning mavqei baland boʻlgan. Mas, buyuk hojiblik mansabiga tayinlangan Alpteginning obroʻsi oshib ketganidan xavfsirab, uni mansabidan chetlatmoqchi boʻlgan, biroq uddasidan chiqa olmagan. Abdulmalik Ibn Nuh chavgon oʻynab turib, otdan yiqilib halok boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: ABDULMALIK ibn NUH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
SOMONIYLAR
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты