AVAZOV

AVAZOV Rixsi (1942.10.1, Jan. Qozogʻiston viloyati, Turbat qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1965). 1965-y. dan Hamza teatrida aktyor. Valish (Azimzoda, «Nasriddinning sarguzashtlari») A. ning sahnadagi ilk obrazidir. Teatrdagi eng yaxshi rollari: Amirxon (Uygʻun, «Zebunisso»), Nodirshoh (Fitrat, «Abulfayzxon»), Abulmalik (Uygʻun, Izzat Sulton, «Alisher Navoiy»), Darvesh Ali (O. Yoqubov, «Bir koshona siri») va b. Shuningdek, «Alisher Navoiy» (Gʻiyosiddin), «Yulduzli tunlar» (Ahmad Tanbal) kabi videofilm larda, «Kun va tun» (Bobur) telespektaklida, «Kasalxona» (akad. Yoʻldoshev) filmida ham rollar ijro etgan. Avazov sahnada oʻynagan rollari oʻziga xos kuchli emotsionalligi, yetuk va toʻlaqonli talqin etilganligi bilan ajralib turadi. U har bir yaratgan obrazining ijtimoiy mohiyatini ochishga, unga mos mimik ifodalar, harakatlar, ohanglar topishga harakat qiladi.


Lotin alifbosida maqola: AVAZOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Umar Shayx Mirzo Bahodir
BOBUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты