AVTOMAT QUROL

AVTOMAT QUROL — oʻq otish quroli. U oʻq (snaryad) otilganda hosil boʻlgan porox gazining quvvati bilan oʻzoʻzidan oʻqlanib otilgani uchun shunday ataladi. U uzluksiz va yakka oʻq otish imkonini beradi. Faqat qayta oʻqlanishi avtomatlashgan qurol yarim Avtomat qurol deb ataladi. Avtomat qurol 19-a. 2-yarmida paydo boʻldi. Quyidagi turlarga boʻlinadi:

1) avtomat pistoletlar — yaqin masofa (50 m)ga oʻq otadigan qurollar;

2) pistolet-pulemyotlar — 300 m gacha masofadagi nishonga zarba beruvchi qurollar.

3) oʻzi oʻqlanuvchi va oʻzi otiluvchi avtomat miltiqlar — 600 m ga qadar masofadagi nishonga bittalab otish uchun moʻljallangan. Oʻq bittalab otilganda minutiga 25—30 oʻq otish mumkin;

4) qoʻl pulemyotlari — 800 m masofadagi nishonga otishga moʻljallangan qurollar. Bittalab minutiga 120 donaga qadar oʻq otish mumkin;

5) stanokli pulemyotlar —1000 m va undan uzoq, (2—2,5 km) masofadagi nishonga zarba berish uchun ishlatiladigan kuchli qurollar. Minutiga 250 ga qadar oʻqotadi. Stanokli pulemyotlar pastroq uchuvchi dushman samolyotlariga ham zarba bera oladi:

6) yirik kalibrli pulemyot (odatda, kalibri 12,7—15 mm) — tank va samolyotlarga oʻrnatiladigan qurol, havodagi nishonlarga zarba berish, yengil zirh bilan qoplangan nishonlarga qarshi kurashish uchun moʻljallangan qurol;

7) avtomat toʻp (kalibri 20 mm va undan katta) — asosan havodagi nishonlarga zarba berish uchun tank va samolyotlarga oʻrnatiladigan qurol.


Lotin alifbosida maqola: AVTOMAT QUROL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
PISTOLET
ROSSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты