ANDIJON TUMANI

ANDIJON TUMANI — Andijon viloyati markaziy qismida joylashgan tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Jalaquduq, Xoʻjaobod, Asaka, Oltinkoʻl, Baliqchi, Izboskan va Paxtaobod tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,38 ming km2. Aholisi 177,3 ming kishi (2000). Andijon tumanida 1 shaharcha (Kuyganyor) va 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻtaqora, Yorboshi, Kunji, Nayman, Orol, Oqyor, Xaqan, Xartum, Xarabek) bor (2000). Markazi — Kuyganyor shaharchasi.

Tabiati. Andijon tumani relyefi pasttekislik, qir va adirlardan iborat. Shim,-sharqida Andijon — Otchopar, Teshiktosh adirlari va Xarabek, Boʻtaqora, Yorboshi kirlari mavjud. Iqdimi kes-kin kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27,3°, yanv. niki — 3°. Vegetatsiya davri 160—180 kun. Yiliga oʻrtacha 225 mm yogʻin tushadi. Tumanning shim. va shim.-sharqidan Qoradaryo, Andijonsoy oqib oʻtadi. Sovuqbuloq bulogʻi, Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali, Quyi Ulugʻnor kanali, Kuyganyor nasos st-yasi, Koʻtarma nasos styasi, Chinobod, Asaka tashlamalari bor. Tuman adir qismining tuprogʻi arziq, qolgan yerlarda boʻz tuproq. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanadi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq-shoʻra oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar kam uchraydi, sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar bor.

Aholisining aksari qismi oʻzbeklar; rus, tojik, uygʻur, qirgʻiz va b. millat vakillari ham bor. 1 km2 ga oʻrtacha 465 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 10,2 ming kishi, qishloq aholisi 163,1 ming kishi (2000).

Xoʻjaligi. Tumanxoʻjaligiasosan q. x. ga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xoʻjaliklari paxtachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, gʻallachilik, polizchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tumanda 10 qoʻshma korxona, 114 kichik korxona, 14 aksiyadorlik jamiyati, 74 xususiy, 10 shirkat korxonalari mavjud (2000). Q. x. ning yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 12,0 ming ga, shu jumladan 5,8 ming ga yerga paxta, 0,5 ming ga yerga sabzavot, 1,2 ming ga yerga beda, 0,2 ming ga yerga sholi ekiladi, 0,2 ming ga yer bogʻdan iborat. Andijon tumanida 15 shirkat xoʻjaligi, 9 xoʻjaliklararo korxona, 1 oʻquv tajriba, 1 urugʻchilik xoʻjaligi, 116 fermer xoʻjaligi, agrofirma bor. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 37,2 ming qoramol, 37,7 ming qoʻy va echki, 48,1 ming parranda boqiladi (2000).

Andijon tumanida Andijon qishloq hujaligi institutoʻ, Oʻzbekiston Respublikasi Q. x. va suv xoʻjaligi vazirligi Q. x. ilmiy i. ch. markazining sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar yetishtirish ilmiy tadqiqot in-ti (1999) joylashgan. Bulardan tashqari tumanda Andijon viloyat nasos st-yasi, viloyat sabzavot va nav urugʻlari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati va q. x. ni kimyolashtirish markazi (lab.) bor. 1999-y. 2 sent. da Oqyor sanoat kasb-hunar kolleji bi-nosi qurilib ishga tushirildi. Kollejda 280 oʻquvchi oʻqiydi (2000). 2000-y. da akademik litsey tashkil etildi. 1999/2000 oʻquv yilida 53 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 39,6 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Gimnaziya, 3 litsey mavjud. 1465 oʻrinli kasalxona va dispanser boʻlib, ularda 94 vrach, 458 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. «Andijon tongi» tuman gaz. 1962-y. dan chiqadi (adadi 2370).


Lotin alifbosida maqola: ANDIJON TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
ASAKA TUMANI
BUXORO VILOYATI
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AMUDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты