ANORGANIK KIMYO (yun. an – inkor qoʻshimchasi va organik kimyo) — kimyoviy elementlar va ulardan hosil boʻlgan birikmalar haqidagi fan (faqat uglerod birikmalarini organik kimyo, uglerodning bir necha oddiy birikmalarinigina Anorganik kimyo oʻrganadi). Anorganik moddalar, xususan ogir metallar — oltin, kumush, mis, temir, qoʻrgʻoshin, simob va qalay, metallmaslardan uglerod va oltingugurt qadim zamonlardan maʼlum. Milodning boshlarida kimyo Misrda taraqqiy etib, xlorid, sulfat, nitrat kislotalar, erkin holda margimush, surma, fosfor, shuningdek bir qancha ishqor va tuzlar hosil qilingan. Turkistonda ham kimyoning qadimdan mavjudligini arxeologik qazishlar natijasida topilgan moddiy-madaniy yodgorliklar tasdiklaydi. Turkistonda koʻpgina kimyogar olimlar yetishib chiqqan. Ulardan eng mashxurlari Abu Bakr ar-Roziy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Kotib al-Xorazmiy, Abdulhakim ibn Abdulmalik al-Kosiy, Abu Ali ibn Sino va b. (q. A-kimyo). Anorganik moddalar haqidagi maʼlumotlarni alohida oʻrganish gʻoyasini fransuz kimyogari N. Lemeri ilgari surgan. U 1675-y. da kimyo fani oʻrganadigan moddalarni kelib chiqishiga koʻra mineral moddalarga, oʻsimliklar va xayvonlardan hosil boʻladigan moddalarga boʻlgan edi. 19-a. oxirida fizika va b. fan soxalaridagi katta kashfiyotlar (1869-y. da D. I. Mendeleyev davriy qonunni kashf etishi va h. k.) A. k. taraqkiyotida muhim rol oʻynadi. Bu davrda davriy sistemada oʻrin qoldirilgan elementlarning barchasi topilib, davriy sistema toʻldirildi va transuran elementlar kashf etildi. Anorganik kimyoda kimyoviy tekshirishning ikkinchi usuli: analiz va sintez keng qoʻllaniladi. 18-a. oxirida kimyoning vazifasi moddalar tarkibini aniqlash, yaʼni ularni analiz qilish deb xisoblangan boʻlsa, 19-a. ning boshida kimyogarlar yangi moddalarni sintez qilishga ham tobora koʻproq ahamiyat berdilar. 20-a. da anorganik sintez taraqqiyotiga eksperimental texnikaning erishgan yutuklari juda katta yordam berdi. 20-a. boshigacha Ak. ning asosiy vazifasi koʻproq birikmalar hosil qilish deb hisoblangan boʻlsa, hozir bu fan, asosan, birikmalarning hosil boʻlishi va parchalanishi sharoitini, ularning fizik va kimyoviy xossalari va tuzilishini urganadi. Bu hol A. k. sohasidagi tadkiqotlarning ilmiy va amaliy ahamiyatini gʻoyatda oshirib yubordi. 20-a. ning 30-y. larida adabiyotda bayon etilgan anorganik birikmalar soni 50-60 ming edi. Elementlarning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari — gidridlar; galogen bilan hosil qilgan birikmalari — galogenidlar; oltingugurt bilan hosil qilgan birikmalari — sulfidlar; azot bilan hosil qilgan birikmalari — nitridlar; uglerod bilan hosil qilgan birikmalari — karbidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar, kompleks birikmalar Anorganik kimyoda oʻrganiladi. Anorganik kimyoning hoz. bosh vazifasi yuqori harorat va bosim, mexanik va kimyoviy taʼsirlarga chidamli boʻlgan, boshqa koʻpgina talablarga javob beradigan yangi sunʼiy anorganik moddalar tayyorlash va b. dir. Bu borada koʻpgina tadqiqot ishlari oʻtkazildi. Mas, texnikaning yangi materiallar sofligiga talabi juda yuqori (yarim oʻtkazgichlar va yadro energetikasi materiallarida qoʻshimchalar miqdori 10-6% dan oshmasligi kerak), shuningdek mustahkamlik, olovbardoshlik, agressiv muhitlarga chidamlilik (yadro energetikasi, raketa texnikasi, kimyo va qurilish ma-teriallari sanoatida) kabi xossalarga talab oshdi va yaqin vaqtlargacha metallar tarkibida turli masofalarda tartibsiz joylashgan oksidlar boʻlishi nuqson deb xisoblangan boʻlsa, hozir angestremdan kichik iplardan toʻrlar yasab, hosil boʻlgan katakchalar ichiga metallni joylashtirib qizdirib yangi tipdagi metallar olish texnologiyasi keng joriy kilindi. Bu maqsadlar uchun faqat yuqori t-ralarga chidamli oksidlar (karbidlar, boridlar va silitsidlar) ishlatiladi. Anorganik texnologiyaning qad. sohasi shisha i. ch. da ham katta yutuqlarga erishildi. Odatda shisha tarkibida kristallar paydo bulsa, shisha mahsulotlari chiqitga chiqarib yuborilardi. Ke-yinchalik shishaning butunlay mayda tarkibli kristallardan iborat yangi turlarini i. ch. yoʻlga qoʻyildi. Yuqori ekspluatatsion xossalarga ega bulgan sunʼiy olmosni ham sintez qilishga erishildi. Yuqoridagi tadqiqotlarda Anorganik kimyoning roli katta. U kimyo sanoatining ilmiy asosi sifatida ogʻir sanoatni rivojlantirishda va q. x. ni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi (yana q. Kimyo).