ARTILLERIYA

ARTILLERIYA (frans. artillere — tayyorlamoq, shaylamoq) — 1) qoʻshin turi;

2) qurollar turi;

3) artilleriya qurollari haqidagi fan.

Dengiz, havo va quruqlikdagi Artilleriyaga boʻlinadi. Dengiz A. si oʻz navbatida qirgʻoq va kema A. siga, havo Artilleriyasi ballistik va taktik xususiyatiga koʻra zambarak, gaubitsa, tankka karshi minomyot, reaktiv va zenit (havo) Artilleriyaga boʻlinadi. Quruqlikdagi Artilleriya yer usti, zenit va maxsus Artilleriyaga ajratiladi. Yer usti Artilleriyasi yerdagi kuchlarga qarshi jang qilish uchun, zenit Artilleriyasi esa samolyotlarga va (baʼzan) yerdagi kuchlarga qarshi oʻt ochish uchun ishlatiladi. Maxsus Artilleriya asosan reaktiv qurollarga qarshi qoʻllaniladi. Artilleriya toʻplarining kalibrlari 20 dan 400 mm gacha va undan katta, ogirligi bir necha kg dan oʻnlab va yuzlab t gacha boʻlishi mumkin. Ballistik xususiyatiga kura Artilleriya qurollari nishonga toʻgʻri otuvchi (pushka) va qiyalatib otuvchi tuplar (minomyot, gaubitsa va morgiralar) ga ajratiladi.

Artilleriya fan sifatida Artilleriya qurollarining tuzilishi, ulardan foydalanish, ularni loyihalash, i. ch., jangda ishlatish haqidagi ilmlarni oʻz ichiga oladi. Artilleriya koʻp ayerli tarixga ega. Qadim zamonda Xitoy, Yevropada tosh otadigan (irgʻitadigan) mashinalar boʻlgan. Amir Temur qalʼalarni zabt etishda tosh otadigan ana shunday mashinalar (palaxmonlar)dan, Bobur Hindistonni zabt etishda borund (porox) bilan ishlaydigan «toʻfak» dan foydalangan. Otish uchun arablar poroxdan foydalana boshlashgach (14 – a.), A. davri boshlanadi. Dastlabki toʻplar yogʻoch taglikka oʻrnatilgan temir karnay shaklida boʻlib, oʻq sifatida temir, tosh parchalari ishlatilgan. Keyinroq (15-a.) toʻplar mis va jezdan quyila boshlandi. Artilleriya texnikasi mukammallashdi, faqat qamal va himoya uchungina emas, balki dala janglarida ham ishlatila boshlandi. Artilleriya piyoda askarlarga yordam beruvchi mustaqil qoʻshin turiga aylandi. Tutunsiz poroxlarning qoʻllanilishi, stvol va sna-ryadlarning uzaytirilishi, toʻpning oʻq otish vaqtida orqaga tepishiga chek qoʻyish Artilleriyaga tez va uzoqqa otish imkonini berdi. Oʻt ochishga tayyorgarlik, nishonga toʻgʻrilash va oʻq uzish jarayonlarining mexaniqlashtirilishi Artilleriyaning yuksak operativ-taktik tezkorligini taʼminladi.

Artilleriyaning soʻnggi taraqqiyoti reaktiv va atom A. sini yaratish va takomillashtirishdan iborat. Oʻzbekiston qurolli kuchlarida ham Artilleriyaning ahamiyati katta.


Lotin alifbosida maqola: ARTILLERIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HARBIY SANʼAT
TOSHKENT
BOSHQARILADIGAN BALLISTIK RAKETA
OKEAN
REAKTIV ARTILLERIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты