HARBIY SANʼAT — quruklik, dengiz, havoda harbiy harakatlar olib borishga tayyorgarlik koʻrish va uni olib borish nazariyasi va amaliyoti; H. s. — harbiy fanniit bir qismi. Zamonaviy Harbiy sanʼat ningʻ tarkibiy qismi oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlgan harbiy strategiya, operativlik sanʼati va taktikayat iborat. Harbiy sanʼat ishlab chiqarishning taraq-qiyot darajasi va ijtimoiy tuzum xarakteri bilan belgilanib, mamlakatning rivojlanish tarixi xususiyatlari, milliy xususiyatlar va anʼanalar, geo-grafik sharoit va b. omillarga bogʻliq suratda rivojlanadi.
Qadimda qullar mehnatiga asoslangan iqtisodiyot sharoitida bir necha oʻn ming jangchidan iborat armiya tuzish imkoni boʻlgan. Aksariyat mamlakatlarda qoʻshinning asosiy turini piyoda askarlar tashkil qilgan. Qad. Sharqdavlatlarida piyoda askarlar va otliq qoʻshindan tashqari jang aravalari, fillar va tuyalarda jang qiluvchi qismlardan ham foydalanilgan. Qurolli kuchlar tarkibi, ularning qurol-yarogʻi strategiya va taktikasini belgi-lagan. Qad. Sharq davlatlari, Hindiston va Xitoyda strategiya dastlab nisbatan qisqa masofalarga qilingan , qisqa muddatli harbiy yurishlar bilan cheklangan. Yunoniston va Qad. Rimgaxos boʻlgan qoʻshinlar taʼminoti yaxshilanishi, zabt etilgan davlatlarning moddiy resurslaridan foydalanishni yoʻlga qoʻyish bilan harbiy yurishlarning muddati uzaya boshlagan.
Antik davr strategiyasi, asosan, urushga tayyorgarlik koʻrish, jang maydoni va vaqtini tanlash, asosiy zarba beriladigan yerni belgilash, qoʻshinlarga rahbarlik qilishda namoyon boʻlgan. Taktikaning taraqqiyoti jangovar tartibning eng sodda shakllaridan qushinlarni yuzma-yuz toʻqna-shuvigacha, jang maydonida qoʻshinlarni murakkab manyovrlarni amalga oshirishlari bilan belgilangan. Yunoniston boshqa Qad. Sharqmamlakatlariga nis-batan yaxshi qurollangan va taʼlim olgan qoʻshinga ega edi; yunonlarning asosiy harbiy kuchini ogʻir qurollangan piyodalar (goplitlar) tashkil etgan, ular shamshir, nayza bilan qurollanib, temir sovutlar kiyishgan. Jangdan oldin qoʻshinlar falanga boʻlib saf tortganlar (q. Marafon jan-gi). Markazda ogʻir qurollangan piyodalar toʻgʻri toʻrtburchak shaklida jips boʻlib saf tortgan, qanotlarda otliqlar, oldingi qatorda boʻlsa yoyma saf boʻlib yengil piyodalar joylashgan. Falanganing bir qancha ustunliklari boʻlgan. Uning kuchi safning jipsli-gida boʻlib, qarshi tomondan unga deyarli shikast yetkazishning imkoni boʻlmagan. Shu bilan bir qatorda unga ep-chillik yetishmagan. U taʼqib etishga mutlaqo yaroqsiz boʻlib, zarba kuchini oshirishi uchun qoʻshimcha kuchi yoʻq edi. Yunon falangasi faqatgina Sharq mamlakatlarining (mas. Axomaniylar davlati) qoʻpol, yomon taʼlim olgan qoʻshinlari bilan boʻlgan urushlardagina gʻalaba qilgan. Ammo ularga oʻnqirchoʻnqir yerlarda jang qilishga moslashgan Rim qoʻshini bilan toʻqnashishga toʻgʻri kelganda ular magʻlubiyat alamini tortganlar.
Rim imperiyasi qoʻshinining (mil. av. 4—2-a. lar) tashkiliy shakli legi-on edi, u manipulalarga boʻlingan (har bir manipulada 10 qator, har qatorda 12 tadan jangchi), 3 manipula kogortani tashkil qilgan. Kogorta bir, keyinchalik 3 qator boʻlib saf tortgan. Legion qanotlarida yengil qurollangan piyoda askarlar va otliq qoʻshin turgan; bu Rim qoʻshinining manyovr qilish imkoniyatlarini oshirgan. Kar-fagen davlatining sarkardasi Gannibal mil. av. 216-y. dagi Kanna jangit bir paytning oʻzida har 2 qanotdan zarba berish usulini qoʻllab oz sonli kuchlar bilan rimliklarning yirik qoʻshinini toʻliq qurshovga olib tor-mor keltirishga erishgan. Mil. av. 1-a. da Rim sar-kardasi Yuliy Sezar shtab tuzgan, jang maydonida qoʻshinlar manyovrini mohirona amalga oshirgan, raqib qoʻshini qanoti va old tomoniga qarshi hal qiluvchi zarba berish uchun kogortaning 3qatoridan foydalangan, bu bilan zaxira barpo etilishini boshlab bergan. Qad. misrliklar, ossuriyaliklar, xitoylar va b. xalqlar mustahkam istehkomlar, yoʻllar va koʻpriklar qurishga mohir boʻlishgan. Qad. dunyoning ayrim mamlakatlari olib borgan urushlarda dengiz floti muhim rol oʻynagan, u quruqlikdagi qoʻshinga yordam berib, baʼzan mustaqil harakat qilgan.
Qad. Sharq, Yunoniston, Rim davlatlarida asta-sekin harbiy nazariya vujudga kela boshlagan. chunonchi, Xitoy sarkardasi va mutafak-kiri Sun Szi «Harbiy sanʼat haqida risola»sida harbiy kuchlarni davlatning mustahkamligiga bogʻliq ekanli-gini, vaqt va geografik sharoit omillarning harbiy harakatlar olib borishga taʼsiri, sarkardaning roli, urushga puxta tayyorgarlik koʻrish va raqibning zaif va kuchli tomonlarini oʻrganishning ahamiyati va b. ni keltirib oʻtgan. Yunon tarixchilari Fu-kidid, Ksenofont va b. oʻz asarlarida urushning borishini bayon qilib, uni tahlil etishga harakat qilganlar. Qad. Rimda Yuliy Sezar «Galliya urushi haqida xotiralar» va «Grajdanlar urushi haqida xotiralar» asarlarida urush va jang olib borish usullarini bayon etgan.
Rim imperiyasi 5-a. da qulagach, vizantiyada Osiyo va Afrikaning koʻpgina mamlakatlarida ilk oʻrta asr davlatlari vujudga kelgan. Ular qoʻshinining asosiy kuchini xalq lashkarlari, uning negizini esa zodagon druji-nasi tashkil etgan. 8—9-a. larda Gʻarbiy Yevropada (Frank davlati) asosiy harbiy kuch ogʻir qurollangan otliqqoʻshin (ritsarlar) dan ibo-rat edi; piyodalar qushinning yerdamchi turiga ailangan. Gʻarbiy Yevropada 11 —15-a. larda Harbiy sanʼat nihoyatda sekin rivojlangan. Harbiy harakatlar nisbatan oz sonli qoʻshin bilan aniq rejasiz va maʼlum bir jang-ovar safga tizilmay olib borilgan. Faqat diniy-ritsarlik ordenlari qoʻshinlari «pona» va b. jangovar saf turlarini qoʻllab ancha tartibli ravishda jang qilganlar. Bu davrda qalʼaqasrlar, mustahkamlangan shaharlar va monastirlar katta harbiy ahamiyat kasb etgan.
Moʻgʻullar qoʻshini (13—14-a. lar) yengil va ogʻir qurollangan otliq askarlardan iborat boʻlib, uzoq maso-faga harbiy yurish qilib, jang may-donida koʻpchilik boʻlib harakat qilgan. Qoʻshin ilgʻor qism, soʻl va oʻng qanot va zaxiradan tashkil topgan.
Markazlashgan ilk yirik davlatlarning barpo etilishi, hunarmandchilik va manufakturalarning rivojtanishi armiyaning tashkil etilishi va qurollanishida tubdan oʻzgarishlarga olib keldi. Armiya tarkibi endilikda urush paitida toʻplanadigan yellanma askarlar hisobiga toʻldiriladigan boʻlgan. 16-a. ning 2-yarmidan mutlaq monarxiya davlatlari muntazam yollanma armiyalar tuza boshlashgan. Armiyalarni oʻtsochar qurollarga, jumladan, artilleriyaga ega boʻlishi tufayli jang olib borishning yangi usuli — liniyali taktikani paydo boʻlishiga olib keldi. Unda qoʻshinlar front boʻylab bir tekisda taqsimlanib, uzun qatorlarda saf tortib urushganlar. Liniyalardagi qatorlar (sherenga) miqdori miltiqlarning tez otarligi bilan bel-gilangan. Jangning taqdirini piyodalarning oʻq otish quvvati hal qilgan. 17-a. dagi armiyalarning strategiyasi xususiyati monarxik davlatlar tomo-nidan olib borilayotgan urushlarning cheklangan maqsadlarini koʻzlashida edi.
18-a. oxiri — 19-a. boshlaridagi Buyuk fransuz inqilobi va milliy ozodlik urushlari natijasida harbiy harakatlar olib borish usullarida chuqur oʻzgarishlar roʻy bergan. 19-a. da Gʻarbiy Yevropaning aksariyat mamlakatlarida armiyalar tarkibi umumiy harbiy majburiyat asosida toʻldirila boshlagan. Armiyalarning tashkiliy tuzilmasi ham jiddiy oʻzgarishlarga uchragan: doimiy qoʻshin birlashmalarda — murakkab jangovar vazifalarni mustaqil hal eta oladigan diviziyalar va korpuslar barpo etilgan. qurolli kuchlarning soni bir necha marta oshgan. Urush olib borish usullari va xarakteriga qarashlar ham oʻzgargan; jangovar harakatlarning asosiy maqsadi dushman hududi, aloqa iullari va qalʼalarini bosib olish emas, balki uning armiyasini tor-mor keltirish boʻlgan. Chunki dushmanning asosiy kuchlari ustidan hal qiluvchi jangda gʻalaba qozonish gʻalaba qilgan tomonga oʻzi uchun manfaatli sulh tuzish imkonini bergan.
Taktikada ham tub oʻzgarishlar boʻlgan. Jangovar tartibda batalyonlar kolonnasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan, batalyonlar oldida sochma saf tortgan piyodalar qismi (yegerlar) borgan. Piyodalar hujumini artilleriya va otliq qoʻshin qoʻllab-quv-vatlab turgan. 18-a. oxiri — 19-a. boshidagi harbiy harakatlar olib borishning yangi usullarini tako-millashtirishda fransuz sarkardasi Napoleon I va rus sarkardasi M. I. Kutuzovpariinx xizmati katta boʻlgan. Mas, Napoleon I artilleriya va otliq qoʻshinni yalpisiga qoʻllashni joriy etgan va jang taqdirini hal etishda zaxiralardan mohirona foydalangan.
19-a. da temir yoʻllar qurilishi, elektr telegrafi, tutunsiz porox, qirqma toʻp, qirqma miltiqlarning kashf etilishi va bu vositalarni harbiy ishda keng qoʻllanishi (19-a. ning 2-yarmi) strategiya va taktikada muhim oʻzgarishlarga olib kelgan. Qirqma qurollarning paydo boʻlishi oʻt ochish tezligi, uzoq masofadagi nishonni aniq olish imkonini bergan, bu qoʻshinlarni katta talafotlar berayotgan kolonna boʻlib safga tizishdan voz kechib, piyodalarni zanjir safda hara-kat qilishiga olib kelgan. Biroq, Birinchi jahon urushigacha zan-jir saf juda qalin boʻlib, bu holat ogʻir talafotlarga sababchi boʻlgan.
20-a. boshida armiyalarning soni keskin oshgan, ularni katta miqdordagi tez otar toʻp-zam-baraklar, pule-myotlar, miltiqlar bilan qurollantirish imkoni tugʻilgan. Qoʻshinlarni boshqarishda texnik vositalardan foydalanila boshlangan, aloqa yoʻllari rivojlangan va manyovr qilish imkoniyatlari kengaygan. Jangovar harakatlarning yangi shakli — operatsiya shakllana boshlagan. Operatsiya — qoʻmondonlikning yagona maqsadi yoʻlida birlashgan bir yoxud bir necha armiyalar tomonidan olib borilgan janglar majmui. birinchi jahon urushi davrida harbiy operatsiya tushunchasi amaliy va nazariy jihatdan shakllangan. Yangi strategik birlashmalar — frontlar paydo boʻldi; front operatsiyalari oʻtkazila boshlangan. Artilleriyaning tez surʼatlar bilan rivojlanishi, aviatsiya, tanklar va zaharlovchi moddalarning paydo boʻlishi natijasida taktika sohasida ham muhim oʻzgarishlar yuz bergan. Taktik vazifalar piyodalar, artilleriya, tanklar va muhandislik qoʻshinlarining birgalikda, umumiy harakatlari bilan hal etilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Harbiy sanʼat yanada taraqqiy etgan. Germaniya urush boshida tank va mexanizatsiyalashgan qoʻshinlardan unumli foydalangan, ularni aviatsiya quvvatlab turgan; qoʻshinlarni boshqarish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan, bu dastlabki davrda fashistlar armiyalarining yirik gʻala-balariga sabab boʻlgan. Biroq Moskva ostonalarida fashistlar sovet qoʻshinlaridan birinchi bor yirik magʻlubiyatga uchraganlar.
Urushdan keyingi iqtisodiy rivojlanish, fan va texnika yutuklari harbiy texnika sohasida yangi kashfiyotlarga olib keldi. 1953-y. dan yadro quroli va raketalar bir qancha mamlakatlarning qurolli kuchlariga keng joriy etila boshlandi; qoʻshinlar elektron va b. texnika bilan jihozlanadigan boʻldi. Harbiy-desant kuchlari yanada rivojlandi. Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari qurol-aslahalari va tashkiliy tuzilishi keskin oʻzgargan. Harbiy-havo kuchlarida porshenli samo-lyotlar, reaktiv samolyotlar bilan almashtirilgan. Bular Harbiy sanʼatning barcha sohalari: strategiya, operativlik sanʼati va taktikasida tub oʻzgarishlarga olib kelgan. Yadro qurolidan foydalanish ehti-moli urush xarakteriga qarashlarni qayta koʻrib chiqishni taqozo etdi.
Turkiy qavmlar jahondagi eng qad. xalklardan sanalib, ular yashagan hudud faqat hoz. Oʻrta Osiyoni qamrab olmasdan balki sharqda Tinch okeani, gʻarbda Dnepr va Don daryolariga qadar boʻlgan ulkan hududni qamrab olgan.
Ular oʻzaro madaniy, iqtisodiy va baʼzan harbiy-siyosiy aloqada boʻlganlar. Turon zaminida yaratilgan kash-fiyotlar, jang qilishning yangi usullari barcha turkiy xalqlar tomonidan tezda oʻzlashtirib olinib, yangi bosqichga koʻtarilgan. Mil. av. 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillikda Sharqdagi koʻchmanchi xalqlarda otliq qoʻshin paydo boʻlgan. Dastlab undan aloqa, razvedka va qoʻriqlash ishlarida foydalanilgan. Ammo chavandozlik mahora-tining oʻsishi bilan otliq qoʻshinning ahamiyati oshib borgan. U jang aravalarini siqib chiqarib qoʻshinning zarbdor va harakatchan kuchi boʻlib qolgan. Turkiy xalqlar Harbiy sanʼat tarixida birinchi boʻlib suvoriylar safini joriy etganlar (har bir otliq askar orasidagi masofa 20 m, ʻjangovar qatorlar soni 10 ta) va bu bilan dushman qoʻshini ustidan yaqqol ustunlikka erishganlar (q. Otliq askarlar). Turon farzandlari 2 — 3 yoshidan ot minib, ov qilib, kichik kamondan oʻq uzishni, parranda, kichik hayvonlarni ov qilishni, ulgʻaya borishlari bilan qilich, nayza va b. jang qurollari bilan muomala qilishni oʻrganganlar.
Urushlar dastlab qoʻshni yerlarga chopqun qilish va asir olish xarakterida boʻlgan. Biroq davlatning kuchayishi, qoʻshin miqdorining oʻsishi, tajri-baning oshishi va chopqun qilishdan qoʻshni mamlakat va xalqlarni bosib olishga oʻtilishi bilan oddiy urush olib borish sanʼatga aylana boshlagan. Strategiya urush olib borish sanʼati sifatida, asosan, Sharqda vujudga kelgan. Qad. Sharq qoʻshinlarining urush olib borish sanʼati, asosan, son jihatdan ortiq qoʻshin bilan dushmanni tor-mor etishga qaratilgan. Koʻchmanchi xalqlar (skiflar, saklar, massa-getlar va b.) kuchli dushman hujum qilganda koʻpincha mamlakat ichkarisi tomon atayin chekinganlar. Ular yoʻllarida uchragan joylarni vayron qilib, kichik otliq qismlar bilan dushmanga betoʻxtov hamla qilib uni holdan toy-dirganlar, soʻngra qarshi hujumga oʻtganlar. Strategik mudofaa (chekinish) va strategik hujum (qarshi hujumga oʻtish)ning shunday turini birinchi boʻlib Qora dengiz boʻyi skiflari mil. av. 512-y. da Doro! bos-qini davrida qoʻllaganlar. Saklar ham Doro 1 ga qarshi raqibni choʻl-biyobonlarga hiyla bilan boshlab borish takti-kasini qoʻllashgan (q. Shiroq). Ulardan oʻrnakolib mil. av. 53 y. da parfiyaliklar rimliklarning M. Krass boshchiligidagi qoʻshinini Karri jangit yakson qilganlar.
Jahon Harbiy sanʼati taraqqiyotida turkiy xalqlar mumtoz oʻrinni egallaganlar. Mashhur arab adibi Johiz (775—868) ning «Manoqib al-atrok» («Turkiy xalqlarning xislatlari») asarida «Sosoniy forslar barcha xalqlardan davlatni boshqarish sanʼatida, xitoyliklar — hunarmandlikda, yunonlar — ilm-fanda va turkiylar harbiy ishda ustundir», deb yozadi.
Qadimda sak jangchilarining qalin kigizdan tikilgan, choʻqqi qalpoqlari boʻlgan. Ular oʻzlari tayyorlagan kamon va (xanjarakinak) b-n, shuningdek, oyboltalar (sagarislar) bilan qurollanganlar. Saklar mohir tirandoz edilar. Sak suvoriylarining dovruti butun Sharqda mashhur boʻlgan. Yunon-fors urushida, xususan, marafon jangida (mil. av. 490-y.) sak otliq jangchilari alohida jasorat koʻrsatganlar. Qoʻshinning markazida forslar bilan yonma-yon turib urushgan saklar afinaliklarning qatorini yorib oʻtib, ularni mamlakat ichkarisiga qadar taʼqib etib borganlar. Biroq fors qoʻshinining qanotlari zaifligi tufayli qurshovga tushib qolish xavfi tugilgan. Shu sababli orqaga chekinilgan. Sak suvoriylari jang paytida orqaga oʻgirilib ham bexato otar edilar.
Mil. av. 329—327-y. larda Spitamen Aleksandr (Iskandar)ga qarshi partizan urushi taktikasini qoʻllagan.
Mil. av. 3-a. oxirida hunlar hukmdori Mode xoqon harbiy islohot oʻtkazgan. U anʼanaviy yengil otliq qoʻshinni ogʻir qurollangan otliq qoʻshinga aylantiradi. Gerodot massagetlar qoʻshinidagi otliq jangchilarning ogʻir qurol-aslahalari boʻlganini qayd etgan. Shunisi xarakterliki, keyinchalik bunday qurollanish odati Orol boʻylaridan sarmat-alanlar orqali Sharqiy Yevropaga tarqalgan. Parfyanlar rimliklarga qarshi Karri jangida uni ilk bor keng qoʻllashgan (q. katafraktlar). Massagetlar yurtidan Moʻgʻuliston, Xitoy va Sibir (Ol-toy)ga ogʻir qurollangan suvoriyga moʻljallangan baland boʻyli ajoyib jangovar otlar tarqalgan. Hunlarning harbiy tartibiga binoan har bir ming kishidan iborat boʻlgan qoʻshinga mingboshi, 100 kishidan iborat qoʻshinga yuzboshi, 10 jangchiga — oʻnboshi boshchilik qilgan. Qoʻshin, asosan, otliq askarlardan iborat boʻlgan. Hunlar qoʻshini 4 qismga boʻlinib, har bir qism jangchilari maʼlum rangdagi otlarni mingan suvoriylardan ibo-rat boʻlgan. Qoʻshinning gʻarb tomonida saf tortgan suvoriylar oq ot, sharqiy qismida — boʻz ot, shim. da — qora ot va jan. da sariq (saman) ot minib safda turganlar. Hunlarning otliq qoʻshini, asosan, kamon bilan qurollangani uchun harbiy taktika va manyovrlarni ustalik bilan olib borgan. Dush-manga oʻzlarini chekinayotgan qilib koʻrsatib, ularni aldab, uzoq masofagacha orqalaridan ergashtirib borganlar. Dushman ularni taʼqib etib char-chagan paytda hunlar raqiblariga qoʻqqisdan hamla qilib ularni tor-mor etganlar. Mabodo yengilib qolsalar, hunlar har tomonga tarqalib ketganlar. Hunlarni taʼqib etuvchilar qochayotganlarning qaysi birini orqasidan quvishni bilmay sarosimaga tushib qolgan paytlar koʻp boʻlgan. aynan hunlar davrida Osiyo choʻl minta-qalarida Harbiy sanʼatning harbiytexnikaviy va tashkiliy sohalarida bir qator muhim yangiliklar tarqalgan: suyak qoplagichli murakkab tarkibli kamon, hushtak tovushini beruvchi koʻp parrakli paykonlar, qoʻshin tuzilishining markazlashgan tizimi, masofa jangi olib borishning samarali taktikasi, mudofaa inshootlari (harbiy isteh-komlar) qurish anʼanalari vujudga keldi. Urta Osiyoda Kushon podsholigi davrida saltanat sarhadlarida mustah-kam qalʼalar (jumladan, Xorazmdagi Ayoz qalʼa, Tuproqqalʼa va b.) qurilishi keng rivojlangan. Shaharlar burjli qalin devorlar bilan oʻrab olingan. Qangʻ davlati qoʻshinining asosini yengil otliqlar tashkil etgan, qoʻshin safarda ekanligida razvedka maqsadida oldinga ilgʻor qism joʻna-tilgan. Oʻtmishda har bir qabilaning oʻziga xos oʻroni boʻlgan. Bir necha qabi-lalar birlashib, dushmanga qarshi kurashayotgan paytda qabila sarkardasi oʻziga tegishli qabila jangchilarini chaqirmoqchi boʻlsa qabila oʻronining nomini aytib chaqirgan. Oʻrta asrlarda oʻronlardan juda keng foydalanilgan. Eftaliylar davrida jang qilishning asosiy usullaridan biri, kuchli raqib bilan yuzma-yuz jang qilmasdan uning 2 qanotiga betoʻxtov zarbalar berish yoʻli bilan uni holdan toydirish boʻlgan.
Turk xoqonligi davrida Harbiy sanʼat yanada rivojlangan. Jang taqdirini ogʻir qurollangan suvoriylarning yoyma holda galalashib qilgan hujumi hal etgan. Suvoriylar orasidagi masofa shu qadar sezilarli boʻlganki, amalda har bir jangchi oʻz holiga tashlab qoʻyilgan. Demak, jangning muvaffa-qiyatli boʻlishi haru bir jangchining shaxsiy tayyorgarligiga bogʻliq. Yakka-ma-yakka olishuv jangning muhim qismi boʻlgan. Bahodirlar qoʻshinning zarbdor qismi boʻlib ularning oʻlimi odatda qoʻshin orasida sarosimalik tugʻdirib, magʻlubiyatga olib kelgan. Biroq jang qilishning bunday sodda usullaridan boshqa, manyovr qilish — yonboshdan aylanib oʻtish usuli ham boʻlgan (mas, Toʻnyuquq boshchiligidagi qoʻshinning qirgizlarga qarshi nayza balandligidagi qor qoplagan togʻdan oshib toʻsatdan qilgan hujumi va Qora Irtishdan oʻtib turgashlar ux-lab yotganda qoʻqqisdin hujum qilib ularning tormor qilinganligi).
Turk sarkardalari raqibni gaflatda qoldirish usulidan keng foydalanganlar. Arablar istilosi davrida Sugʻdga yordamga kelgan turkashlar kichik urush taktikasini qoʻllaganlar. Ularning yengil otliq qoʻshini arablarga qoʻqqisdan hamla qilib ularga tinchlik bermagan. Bunday taktika arab garnizonlarini doimo oʻta hushyor holatda turishga majbur qilgan. Arablarga faqat jang bilan olingan shaharlar va vodiylardagi himoyasiz qishloqlar boʻysungan. Turk xoqonligida qoʻshin zarbdor qismlardan — kamon bilan qurollangan yengil otliqlar va ogʻir qurollangan otliqlardan, shuningdek, koʻp sonli yordamchi qismlardan: piyodalar, ugʻruq, xizmatkorlar, taʼminot xizmati va b. dan iborat edi. Ibn Xaldunning yozishicha, insoniyat vujudga kelgandan beri yer yuzida urushlar 2 yoʻl bilan olib borilgan: biri — saf tortib hujum qilish (bi-l-zaxf sufufa), ikkinchisi — al-karr va~l-farr(aynan, «hujum va chekinish») usuli, yaʼni shiddatli hujum qilish va raqibini tuzoqqa tushirish maqsadida yolgʻondakam chekinish takti-kasi. Bu usullarning birinchisiga «so-soniylar usuli», ikkinchisiga «turkiylar usuli» deb nom berilgan. Urushga turkiy qabilalar tinchlik paytida turli sport oʻyinlari va ayniqsa ov qilish kabilardan foydalanib tayyorgarlik koʻrishgan. Tabariyning taʼkidlashicha, «xoqonga tegishli oʻtloq vaʻtogʻ qoʻrugʻlari boʻlib, ularga hech kim yaqinlasha olmagan, hech kim ov qilishga jurʼat etmagan, zero ular urush qilish uchun xoli qoldirilgan. Bu oʻtloq egallagan yer uch kunlik yoʻl edi». Biror mamlakatga bostirib kirishda va ayniqsa jangga tayyorgarlik koʻrishda turkiylar aygʻoqchilik va razved-kaga katta eʼti-bor berganlar, buning uchun josuslar yoxud turli miqdordagi maxsus harbiy qismlar (talia) oldinga yuborilgan. Xoqon safarda oʻzining shaxsiy qoʻriqchilari (shurta), bir xil kiyimdagi gvardiyasi (xaris), turkiy qabilalardan tashkil topgan lashkarlar, baʼzan yollanma qoʻshin bilan chiqqan. Jang boshlanishidan oldin xoqon 2—3 sarkarda bilan birgalikda qoʻshindan ajrab tevarak-atrofni tekshirib chiqqan, agarda himoyalanmagan yerni koʻrsa, oʻsha yerdan hujum qilishni buyurgan. Jang paytida xoqon tepalikka oʻrnatilgan oltin taxtda oʻti-rib jangni kuzatgan. Jangni raqib jangchilari bilan yakkama-yakka olishuvchi bahodirlar boshlab bergan.
Turkiylar oʻz shahar-qalʼalarini ham tadbirkorlik bilan mudofaa etganlar. 722-y. arablar Balanjar qalʼ-asini qamal qilganida xazarlar 300 dan ortiq arava (aʻjala) toʻplab, ularni bir-biriga bogʻlab qalʼalarning atrofida mudofaa xalqasi sifatida qoʻyib chiqib, bu bilan raqibning qalʼaga kirishiga toʻsqinlik qilganlar.
Turkiy xalqlarda 9—10-a. larda Harbiy sanʼat yanada yuqori bosqichga koʻtarilgan. jahonda bu davrda otliq qoʻshinning roli oshgan. Yaqin va Uzoq Sharq hukmdorlari turkiylarni oʻz xizmatlariga olishga harakat qilishgan. Ular orasida turkiy gulomlar (qullar) muhim oʻrin tutgan. Turkiylarning jangovarlik sifatlari Sharqda munosib baholangan. Chunonchi, 10-a. boshida Vizan-tiya imperatorlarining va Abbosiy xalifalarning shaxsiy gvardiyasi turkiylardan iborat boʻlgan.
Turkiy xalqlarning Harbiy sanʼati, ayniqsa, Achir Temur va temuriylar davrida oʻzining yuksak bosqichiga yetgan (q. temuriylar harbiy sanati).
15 — 16-a. lardan eʼtiboran Yevropa mamlakatlaridagi iqtisodiy yuksalish, Buyuk geografik kashfiyotlar, oʻt sochar qurollar, artilleriyaning keng tarqalishi bilan Harbiy sanʼatda tub oʻzgarishlar sodir boʻlgan. Lekin shu bilan birga Urta Osiyo mintaqasining turli ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarga koʻra karvon yoʻllaridan, Yevropa mamlakatlaridan uzilib qolganligi, oʻzaro ichki nizolar Harbiy sanʼat taraqqiyotiga salbiy taʼsir qilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, harbiy sohaga alohida eʼtibor berildi. 1995-y. avg. da Oʻzbekiston Respublikasining harbiy dok-trinasi qabul qilindi, u mamlakatning harbiy sohadagi siyosatini belgilab berdi. Mintaqadagi harbiy siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda 2000-y. 3 fev. da Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.
Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz oldidagi muhim vazifalardan biri son jihatidan uncha katta boʻlmagan, zamonaviy qurol-yarogʻ va texnika bilan qurollangan armiyani, jangovar harakatlar olib borishning eng samarali usullarini egallagan va har qanday bosqinchi kuchlarga qarshi kurashga hamda zarba berishga qodir boʻlgan tezkor harbiy qismlarni yaratishdan ibo-rat (yana q. Oʻzbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari).
Ad.: Qarimov I., Milliy armiyamiz — mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir, T.. 2003; Karimov I ., Armiya — davlattayanchi va tinchlik kafolati, T., 2005; Razin Ye. A., Istoriya voyennogo iskusstva, t.1—3, N4., 1955—61; D yel bryuk S , Istoriya voyennogo iskusstva, t. Z. M., 1983; Voyennoye delo drevnego i srednevekovogo naseleniya Sever-noy i Sentralnoy Azii (Sb. nauch. trudov), Novosibirsk, 1990; Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992; D adaboye v H., Amir Temurning harbiy maqorati, T., 1996.
Faxriddin Hasanov.