IQTISODIYOT NAZARIYASI

IQTISODIYOT NAZARIYASI — iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. I. n. xorij mamlakatlarida «Ekonomiks», «Ekonomika» va «Siyosiy iqtisod» nomlari b-n, MDH mamlakatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» nomi b-n yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqti-sodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda «Iqtisodiy bilim asoslari» sifatida maktablarda, «Iqtisodiyot asoslari» sifatida kollej va akademik litseylarda va «Iqtisodiyot nazariyasi» sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi.

Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xoʻjalik yuritish asosida oʻz ehtiyojlarini qondirishga qara-tilgan xattiharakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shartsharoitlar xisoblanadi. Bu fan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda oʻrganadi. Uning tadqiqot obyekti iqtisodiy hodisalar boʻlib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharoit — bu iqlim, tuproqning tu-zilishi, yer osti boyliklarining mik,dori, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iborat-ki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga taʼsir etmay qolmaydi.

Iqtisodiyot nazariyasi oʻz predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qoʻllagan holda oʻrganadi: barcha iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etishini, bu tizimda ulardan har biri oʻz oʻrniga ega boʻlishini, ular bir-biriga taʼsir etishini nazarda tutadi; iqtisodiy voqelikni qotib qolgan holda emas, balki rivojlanishda va yangilanishda olib qaraydi, bir voqelik oʻrniga boshqasi yuzaga kelishi, shaklan eski hodisalarda yangi mazmun boʻlishini hisobga oladi; insonning xoʻjalik faoliyatiga nafaqat iqtisodiyot, balki tabiat qonunlari ham taʼsir etishiga eʼtibor beradi. Tabiat kishilik jamiyati boʻlmasada, mavjud boʻlaveradi, lekin jamiyat tabiatdan tashqarida boʻla olmaydi, chunki u tabiat resurslarini ishlatish bilan boglik, tabiat iqtisodiyotning moddiy asosi; iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar tabiatdagi oʻzgarishlarga qaraganda gʻoyat tez boradi, shu sababli iqtisodiyotning rivojlanish qonunlari doimo oʻzgarib turadi; tabiiy hodisalar kishilar ishtirokisiz oʻzoʻzidan yuz bersa, iqti-sodiy hodisalar kishilar faoliyati orkali yuz beradi, ammo bu faoliyatni obyektiv sharoit taqozo etadi; iqti-sodiyot nazariyasi texnologiyani bevo-sita oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsirini chetlab oʻtmaydi, aksincha, hisobga oladi. U texnika-texnologiyani joriy etish yoki etmaslikning iktisodiy chegaralarini nazariy asoslaydi; iqtisodiyotni sof holda emas, balki unga ijtimoiy-siyosiy, ruhiyaxloqiy, milliy-demokratik omillar taʼsirini inobatga olib oʻrganadi. Iqtisodiyot — ijtimoiy xayotning bir qismi, shuning uchun jamiyat ham uning taʼsiridan xoli emas.

Iqtisodiyot nazariyasi siyosatni oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsiri bilan shugʻullanadi, chunki toʻgʻri tanlangan siyosat iqtisodiyotga ijobiy, aksincha boʻlganda esa unga salbiy taʼsir oʻtkazadi. Iktisodiy vaziyatni hisobga oladigan, shu vaziyatda qonunlarning amal qilishi, binobarin, iqtisodiy zarurat mavjudligini, uni yuzaga chiqarish chora-tadbirlarini belgilovchi siyosat iqtisodiy rivojlanishga faol taʼsir etadi. Shu maʼnoda iqtisodiyotni siyosatning ilmiy asosi deb hisoblash mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotdagi turli hodisalar, jarayonlarni oʻrganganda ular qonun-tushunchalar darajasida ilmiy jihatdan yzohlab beriladi.

Iqtisodiy tushunchalar — iqtisodiyotni oʻrganishda qoʻllaniladigan na-zariy bilimlar boʻlib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifoda etilishidir. Ular 2 guruhga boʻlib oʻrganiladi: Umumiqtisodiy tushunchalar — iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos tushunchalar, mas, mehnat, i. ch., mahsulot, ish kuchi, resurs kabilar. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos tushunchalar, mas, pul, talab, taklif, baho, kredit, emissiya, inflyatsiya kabilar ayrim tizimga xosdir. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy jarayon va hodisalarning belgilarini umumlashtirish asosida iqtisodiy qonunlar taʼriflanadi.

Iqtisodiyot nazariyasining eng asosiy taxdil usuli — bu abstraksiyalash (mavhumlashtirish) asosida xulosalar chiqarishdir.

Gʻarbdagi «Ekonomiks» mualliflari R. Makkonnell va L. Bryu yozishicha, na-zariya — bu laboratoriya fani emas. Shu sababli nazariyada ilmiy abstraksiyalash usuli bosh oʻrin tutadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga taʼsir etuvchi oʻtkinchi, ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxdil etib, nazariy umumlashtirish, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul iqti-sodiy hodisalarning tabiatini bilish, ularga xos qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.

Abstraksiyalash asosida tushunchalar va qonunlar taʼriflanadi, ular ilmiy muomalaga kiritiladi. Abstraksiyalash yuz berganda iqtisodiyotga oid asosiy, muqim, doimo yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, ular oʻrtasidagi bogʻlanish aniqlanadi. Bularning hammasi tafakkur orqali bajariladi. Abstraksiyalash boʻlmasa gʻoyat koʻp, tartiblanmagan faktlar orasida oʻralashib qolib nazariy xulosa qilib boʻlmaydi. Abstraksiyalash — bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.

Nazariyada induktiv usul qoʻllanilganda ayrim hodisalarni oʻrganishdan ularni umumlashtirib, xulosalar chiqarishga oʻtiladi. Deduktiv usul qoʻllanilganda umumiy xulosalardan xususiy xulosalarga, umumiylikdan aniqroq hodisalarga oʻtiladi.

Iqtisodiyot nazariyasida tarixiy va mantiqiy usullar ham bor. Tarixiy usul hodisalarni rivojlanishda olib qaraydi. Mantiqiy usul turli hodisalarning ichki mantiqiy aloqalarini anikdab, umumiy xulosa chiqarishda qoʻllanadi.

Iqtisodiyot nazariyasida mikdoriy va sifat tahlili birgalikda qoʻllaniladi. Mikdoriy taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellashtirish ham ishtirok etadi. Bunda iqtisodiy oʻzgarishlar mikdoran taxlil etiladi, ular oʻrtasidagi aloqa bogʻlanishlar ham mikdoran oʻlchanadi, ularning naqadar oʻzgarishi baholanib, prognozlar ishlab chiqiladi. Bu usul yordamida iqtisodiy modellar yaratiladi (q. Iqtisodiy ta-rakqiyot modeli). Iqtisodiyot nazariyasida gipoteza va paradigmalar qoʻllanadi. Ilmiy paradigma bu Iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan taxlil usullariga tayangan holda hal etiladigan muammoni qanday yechimi boʻlishini belgilashdir.

Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish; v) iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch boʻlish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy boglangan. Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan holda ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi.

Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-a. da Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo boʻlsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar dastlab Sharqda, xu-susan, Markaziy Osiyoda shakllangan. Bu oʻrinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot nazariyasi dastlab «Siyosiy iqtisod» nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani birinchi marta A. Monkretyen (Fransiya) oʻzining «Siyosiy iqtisod xaqida traktat» asarida (1615-y.) qoʻllagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) I. n. dagi merkantilizm oqimiga asos solishgan.

Ulardan soʻng fiziokratlar maktabi paydo boʻldi (18-a.). Uning eng yirik namoyandasi «Iqtisodiy jadvallar» kitobining (1758-y.) muallifi F. Kene (Fransiya)dir. Iqtisodiyot nazariyasi tarixda eng nufuzli oʻrin egallagan oqim bu klassik siyosiy iqtisod boʻlib, uning namoyandalari A. Smit va D. Rikardo (Angliya) hisoblanadi (q. Klassik siyosiy iqti-sod maktablari). Bu maktab 18-a. oxiri — 19-a. ning boshlarida tanilgan va ob-roʻli oqim hisoblangan. 19-a. ning 2-yarmidan 20-a. boshlariga qadar Iqtisodiyot nazariyasida marjinalizm maktabi asosiy oʻrinni egallab keldi. Buning asosiy vakillari K. Menger, F. Vizer, E. Byom-Baverk (Avstriya), U. Jevons hisoblanadi.

19-a. ning oxiri va 20-a. davomida Iqtisodiyot nazariyasida 3 ta yoʻnalish vujudga keldi: Birinchisi — neoklassik yoʻnalish boʻlib, uning oʻzi monetarizm [A. Marshall (Angliya), M. Fridmen (AQSH)] va neoliberalizm — [L. Mizes (Avstriya), F. Xayek (Angliya) va L. Erxard (Germaniya)]ga boʻlinadi.

Ikkinchisi — keynechilik yoʻnalishi boʻlib, uning yirik vakillari J. M. Keyns (Angliya), J. Robinson (Angliya), A. Xansen va P. Samuelson (AQSH)lar hisoblanadi.

Uchinchisi — institutsional ijti-moiy yoʻnalish boʻlib, uning koʻzga koʻringan vakillari T. Veblen, J. Komons, U. Mitchell, J. Gelbreyt (AQSH). 21-a. boshiga kelib, monetarizm maktabi ustuvorlikka ega boʻldi, chunki uning tavsiyalari koʻpchilik mamlakatlardagi iqtisodiy siyosatda oʻzining amaliy ifodasini topdi.

Ad.: Sharifxoʻjayev M., Oʻlmasov A., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 1985; Rasulov M, Bozor iqtisodiyoti asoslari, T., 1999; Shodmonov Sh., Alimov R., Joʻrayev T., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 2002; Oʻlmasov A., Iqtisodiyot asoslari, T., 1997; Razzoqov A. va b., Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, T., 1997.

Ahmadjon Oʻlmasov.


Lotin alifbosida maqola: IQTISODIYOT NAZARIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
HINDISTON
BOZOR IQTISODIYOTI
IBN SINO
IQTISODIY TIZIM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты