AYUPOV Shavkat Abdullayevich

AYUPOV Shavkat Abdullayevich (1952.14.9, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1995), fizikamat, fanlari d-ri (1983), prof. (1985). A. T. Lyulovning oʻgʻli. Toshkent davlat un-tining matematika f-tini tugatgan (1974). ToshDU da oʻqituvchi (1977-79) va Oʻzbekiston FA Matematika in-tida katta ilmiy xodim (1979-88), algebra va analiz boʻlimi mudiri (1986-y. dan), direktor oʻrinbosari (1986 — 92), direktor (1992-97). 1997-y. dan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi. Asosiy ilmiy ishlari funksional analiz va uning zamonaviy tarmoqlaridan biri hisoblangan operatorlar algebralari nazariyasiga oid. A. Yordan algebralari soxasida ham nazariy, ham tatbiqiy yoʻnalishda yirik i. tlarni amalga oshirdi. Gilbert fazosidagi oʻz-oʻziga qoʻshma operatorlar Yordan algebrasi tuzilishi va qurilishi boʻyicha muhim natijalar oldi.

As: Klassifikatsiya i predstavleniye uporyadochennoʻx yordanovoʻx algebr, T., 1986.


Lotin alifbosida maqola: AYUPOV Shavkat Abdullayevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MATEMATIKA
TOSHKENT
ALGEBRA
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты