ASMOʼ un-NAGʻAM

ASMOʼ un-NAGʻAM (arab. — tovush (nagʻma) larning otlari), Asomiy nagʻamot — 10 —12-a. larda Oʻrta va Yaqin Sharq musiqa nazariyasida jamʼ-ut-tom (q. Jam)ni tashkil etuvchi jinslar va tovushlarning maxsus atamalari. A.-n. jins va tovushlarga nisbatan qoʻllanilgan yunoncha atamalarning arabchaga soʻzma-soʻz tarjimasi boʻlib, baʼzi sharq qoʻlyozma manbalari (mas, Forobiyning «Kitob ul-musiqo al-kabir» — «Musiqa haqida katta kitob» asari)da ularning yunoncha muqobili ham keltiriladi (459-b. dagi jadvalga q.). Asmoʼ un-Nagʻam musiqa amaliyotida qoʻllanilmaganligi sababli, keyinchalik (12—13-a. lardan boshlab) musiqa nazariyasida ham unutilib ketgan.


Lotin alifbosida maqola: ASMOʼ un-NAGʻAM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FOROBIY
TOSHKENT
NAGʻMA
XITOY
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты