NAGʻMA

NAGʻMA, nagʻam (arab. — kuy) — 1) Sharq musiqa ilmida musiqa tovushi; ton. Muayyan balandlikda sadolanib turishi bilan tabiatdagi boshqa tovushlardan farq qiladi. Sharqolimlari Nagʻmani 2 xil turga boʻlishgan: qavliy (inson tomogʻidan chiqadigan) Nagʻma va feʼliy (musiqa cholgʻularidan hosil qilinadigan) N. Kuy, qoʻshiq va ashulalar ritm bilan Nagʻmalar uyushmasidan tarkib topadi. Nagʻmalar qoʻshilishidan boʻd, jins, jam, maqom pardalari va, nihoyat, yaxlit kuy — musiqa asarlari hosil etiladi. Oʻrta asr musiqa risolalarida yozilishicha, to-vushlar bir-biri bilan maqsadga muvofiq ravishda maʼlum vaqt oraligʻida koʻshilgandagina Nagʻma deb hisoblanadi. Oʻtmishda Nagʻmalar yunoncha va arabcha iboralar bilan ifodalangan. Arabcha atamalari asomiy nagʻamot («Asmoʼ unnagʻam») deyilgan;

2) ohang, kuy. Nagʻma soʻziga ayrim qoʻshimcha soʻzlar bogʻlanib, turli musiqa iboralari hosil etiladi. Mac, H. boshi — doston va b. koʻp qismli asarlarning cholgʻu muqadsimasi, oʻtmishda saroy musiqachilarining boshligʻi; N. gar, Nagʻma zan, Nagʻma chi yoki Nagʻma navoz — sozanda; N. i Orazi Navo Shashmaqom Navo maqomining cholgʻu qismlaridan biri; N. kor yoki Nagʻma soz — bastakor; N. pardoz yoki Nagʻma capo — sozanda, xonanda. Xorazmda garmon cholgʻusi Nagʻma deb ham ataladi.


Lotin alifbosida maqola: NAGʻMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MUSIQA
SHASHMAQOM
ASMOʼ un-NAGʻAM
YER
RITM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты