BUYRAK

BUYRAK — odam va umurtqali hayvonlarda siydik hosil qiluvchi va uni ajratuvchi juft aʼzo; loviya shaklida, qorin boʻshligʻining orqa tomonida, umurtqa pogʻonasi bel qismining ikki yonida joylashgan, qorin parda B. larning old yuzasini qoplab turadi. Old va orqa yuzalari yassilangan, har bir Buyrakning boʻyi 10—12 sm, eni 6 sm, yoʻgʻonligi 3—4 sm, ogʻirligi oʻrtacha 140—150 g. Oʻng Buyrak tepasida jigar borligi tufayli, chap Buyrakka nisbatan bir oz pastroqsa yotadi. Buyrakning yuqori uchi umurtqaga yaqin, pastki uchi esa umurtqadan uzoqroq boʻladi. Buyrakning umurtqaga qaragan ichki tomoni oʻrtasida botik joy boʻlib, u B. darvozasi deyiladi. Buyrakning botiq yuzasiga buyrak jomi taqalib turadi. Buyrak darvozasidan Buyrak arteriyasi va nervlar kirib, vena, limfa tomirlari va siydik yoʻli chiqadi. Bularning hammasi birgalikda Buyrak oyoqchasi deb ataladi. Buyrak ichida buyrak usti bezlari bor. Moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻladigan chiqindi va zararli moddalar organizmdan Buyrak orqali chiqib ketadi. Shu bilan birga Buyrak organizm uchun zarur miqdordagi suv va mineral tuzlarni saqlab, tashkariga chiqarmay qoʻyadi, organizmning ichki muhitini taʼminlaydi. Buyrak siydik bilan birgalikda siydikchil (mochevina), siydik kislota, tuzlar va suvni chiqarib turadi. Buyrakda biologik faol moddalar (renin, prostoglandin va b.) hosil boʻlib, ular qon tarkibi, qon ivishi va kon bosimini maromga solib turadi. Buyrakni fibroz parda, yog kapsulasi va biriktiruvchi toʻqimadan iborat fassiyalar oʻrab, ushlab turadi. Buyrak poʻstloq va magʻiz qismdan iborat. Poʻstloq qismining qalinligi 4—13 mm keladi. Bu qism ostida magʻiz kismi joylashgan; u 12—15 ta konussimon Buyrak piramidalaridan iborat. Yondosh piramidalar orasiga poʻstloq qism suqilib kirgan boʻlib, Buyrak ustunchalarini hosil qiladi. Piramidalar oʻrtacha 1 mln. mayda kanalcha (nefron)lardan iborat, shu nefronlarda siydik hosil boʻladi, bunda suyuklik qondan sizib oʻtadi (filtrlanadi), qayta soʻriladi va sekretsiya roʻy beradi. Har bir nefron Buyrak tanachalari bilan siydik kanalchalaridan iborat. Siydik Buyrak tanachalarida filtratsiya yoʻli bilan paydo boʻladi. Buyrak tanachasi qoʻsh devorli kapsula (Shumlyanskiy—Boumen kapsulasi) boʻlib, devorlari orasida yoriqsimon boʻshliq bor; siydik chiquvchi naycha (kanalcha) shu boʻshliqdan boshlanadi. Kapsulada mayda qon tomirlar koptokchasi (kalavasi) bor. Siydik kanalchalarida birlamchi siydik qayta soʻriladi, konsentratsiyasi oshadi va shakllangan siydikka aylanadi. Siydik kanalchalari qoʻshilib, yirikroq yigʻuvchi kanalchalar hosil qiladi. Siydik kanalchalardan Buyrakning avval kichik, keyin katta kosachalariga va nihoyat Buyrak jomiga oʻtadi, undan siydik yoʻli orqali qovuqqa quyiladi. Buyrakdan oʻrtacha 1,5 l siydik ajralishi uchun organizmdagi qon Buyrakdan bir kechakunduzda oʻrtacha 360-marta oʻtib, yetarlicha tozalanib turadi. Buning uchun Buyrakka keladigan qon miqdori va bosimi doimo yetarli boʻlishi kerak. Agar qon bosimi pasayib Buyrakka qon kam kelsa, u renin modda ajratib qon bosimini oshiradi. Bu holat surunkali qaytarilsa, qon tomirlar devorining sikilishi tufayli qon bosimi koʻtarilib, Buyrak bosimi paydo boʻladi. Buyrak rivojlanishida nefron naychasining uchi berk boʻlsa, buyrak istisqosi kuzatiladi. Buyrak kasalliklarini nefrologiya oʻrganadi.


Lotin alifbosida maqola: BUYRAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AVSTRIYA
BUYRAK USTI BEZLARI
ALISHER NAVOIY
AFRIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты