BANOKAT

BANOKAT, Sharqiya, Shohruxiya — Sirdaryoning oʻng sohilida, Ohangaron (Iloq) daryosining Sirdaryoga qoʻshilish joyidagi karvon yoʻli yoqasida joylashgan qad. shahar xarobasi (1 — 18 – a. lar). Banokatni havaskor arxeolog D. K. Zatsepin (1876), Ye. T. Smirnov (1894, 1896) oʻrgangan. 1973-y. dan Shosh-Iloq ekspeditsiyasi (Yu. F. Buryakov) tekshiradi. Tadqiqotlarga koʻra, dastlab (1-a.) uning mudofaa devori boʻlmay, atrofidagi daryo, shuningdek jarliklar tabiiy mudofaa vositasi rolini oʻtagan, ilk oʻrta asr (5 — 6 – a.)da burjli mustahkam mudofaa devori bilan oʻralgan. Banokat hududi 22 ga boʻlib, arki taxm. 1 ga ni egallagan. 12 — 13 – a. boshlarida kengaygan (140 ga); u ark, 3 shahriston va raboddan iborat boʻlgan. Qazishmalar natijasida turli sopol buyumlar (naqshinkor koʻza, kosa, sirlangan lagan va b.), tanga pul va taqinchoqlar topilgan. Banokatda zargarlik, toʻqimachilik, kulolchilik, shishasozlik va b. rivojlangan, mis, kumush tangalar zarb etilgan. Moʻgʻullar istilosi davrida (1220) Banokat vayron boʻlgan. 1392-y. da Amir Temur B. ni qayta tiklab, oʻgʻli Shohrux sharafiga Shohruxiya deb atagan. 18-a. boshlarida oʻzaro urushlar natijasida vayron boʻlgan. Banokat xarobasining bir qismini Sirdaryo yuvib ketgan.

Ad.: B u r ya k o v Yu. F., Genezis i etapы razvitiya gorodskoy kulturы Tashkentskogo oazisa, T., 1982.


Lotin alifbosida maqola: BANOKAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
YAPONIYA
TANGA
BUXORO PUL TIZIMI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты