BUXORO PUL TIZIMI

BUXORO PUL TIZIMI — 1924-y. gacha Buxoro hududida mavjud boʻlgan pul muomalasi. Buxoro hududida uzok, asrlar davomida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida bimetallizmning murakkab shakli vujudga keddi. Mil. av. 3-a. oxiridan 2-a. gacha Buxoro hududida yunonbaqtriya tangalari muomalada boʻlgan. Bu pullarning nomi ham yunoncha edi. Jumladan, tilla pullar — stater; kumush tangalar — tetradraxma, draxma, yarim draxma; mis tangalar — xalq deb atalgan. Oʻsha davrdagi oltin va kumush qiymati nisbatiga binoan (1:10) bir oltin stater 20 kumush draxma yoxud 5 tetradraxmaga teng edi. Mil. av. 1-a. da, milodning dastlabki toʻrt asrida sugʻdlar davri Buxorosida Yevtidem I tetradraxmalariga oʻxshash tangalar, keyinchalik esa sosoniylar shohi Bahrom V (Varaxran V) (421—439) draxmalariga taqlid qilib tangalar chiqarildi. Bu tangalar buxorxudot dirxami deb nomlangan. 8-a. boshida mamlakatga arablar bilan birga ularning tangalari ham kirib keldi. Oltin tangalar — dinor, kumush tangalar — dirham, mis tangalar — fulus deb atalgan. Oltin tangalar tashki savdo uchun zarb qilingan, ular ogʻirligiga qarab pul sifatida emas, balki tovar sifatida muomalada boʻldi. Xalifalik savdosi kumush tangalar — dirhamlar pul muomalasining asosini tashkil etgan. Oltin tangalarning kumush tangalarga nisbati maʼlum vaqt turlicha boʻlgan. Agar 8-a. da 1 oltin tangaga 10 kumush tanga almashtirilgan boʻlsa, kumush inqirozi paytida bu nisbat 1:7, inqirozdan soʻng 1:11 boʻlgan. 15—16-a. larda katta mis tangalar «dinor» deb, kumush pullar «tanga» deb atala boshlandi. Hukumat kumush va mis tangalar orasidagi nisbatni oʻrnatdi, bu nisbat bozor oʻzgarishlari katta boʻlmagan yoxud vaqtvaqti bilan boʻlgan paytda uzgarishsiz qoldi. Uzoq vaqt mobaynida asosiy birlik oʻzgarmadi: 1 kumush tanga 1 misqol, yaʼni 4,8 g, 1 kumush dirxam 20 mis dinor, 1 mis dinor 6 fulusga teng edi. Buxoro amirligida 1785—86 y. larda oʻtkazilgan pul islohoti eski anʼanalarni saqlab qoldi: nominal oldingi 3 nomda zarb etila boshlandi. Oltin tangalar — «ashrafiy» yoki «tilla», kumush tangalar — «tanga», mis tangalar — «kora pul» yoxud koʻplikda «fulus», xalq tilida «pul» deb atala boshlandi. 1tilla (oltin) tanga 22 kumush tangaga, 1 kumush tanga 50 mis tangaga teng bulgan. Misning kumushga nisbati turlicha boʻlgan.

Rus protektorati oʻrnatilganidan soʻng rus hukumati oʻz oldiga Buxoro pul tizimini yoʻqrtishni hamda muomalaga rus pullarini, jumladan kredit chiptalarini kiritishni maqsad qilib qoʻydi. 1893-y. gacha» Buxoro bozorlarida 1 Buxoro kumush tangasining narxi 20 tiyin rus puli darajasida saqlangan. 1893-y. da Rossiya davlat bankining Buxoro bulimi tashkil qilinib, unga Buxoroda pul muomalasini tartibga solish vazifasi yuklandi. Buxoro tangasi Turkiston oʻlkasida (asosan Samarqand viloyatida) ham joriy qilindi.

Rossiya hukumati tazyiqi ostida 1904-y. da Buxoro kumush tangasi chiqarilishi toʻxtatildi, tanga zarb etish toʻxtatilishi bilan birga 2 pul qiymatli yangi mis tangalar hamda oddiy fulus muntazam zarb etilishi yoʻlga qoʻyildi. Amir hukumati kumush tangalarni mis tangalarga almashtirishga maʼlum miqdorda harakat qidsi. 1917-y. da Buxoro amiri muomalaga yarim tangadan 20 tangagacha qiymatdagi yangi tangalarni kiritdi, ular 3 yil davomida zarb etildi. 1918-y. dan boshlab Buxoro pul muomalasiga amir hukumati tomonidan chiqarilgan qogʻoz pullar kiritildi. Ular tanga deb atalar edi. Avvaliga 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000 tanga qiymatidagi pullar chiqarildi. 1919-y. da pul chikarish texnologiyasi ancha oddiylashdi va faqat 50, 100, 200, 500, 1000, 2000, 3000, 5000, 10000 tanga qiymatidagi pullar chiqarildi. BXSR oʻrnatilgandan soʻng (1920) ham davlat xarajatlarini qoplash uchun qogʻoz pullar chiqarish davom ettirildi. 1920-y. da 50, 100, 200, 500, 1000, 2000, 3000, 5000, 10000 «tanga» chiqarildi. Keyinroq pul chiqarish uchun yangi qolip yasaldi. Endi pullar soʻm deb atala boshladi (50, 100, 3000, 5000, 10000 soʻm). Bu pullar qoʻlda yasaldi, ular xalq xoʻjaligi talablarini hisobga olmagan holda chiqarildi va shu sababdan tez orada qadrsizlandi. 1922-y. da pul almashtirildi. Endi pullar qoʻlda emas, balki matbaa usulida chiqarila boshlandi. Ularning eski pullarga nisbati 1:10000 edi. Yangi pullar 1, 5, 10, 25, 100, 1000, 2500, 5000, 20000 soʻm qiymatida chiqariddi. 1922-y. oxirida bu pullar ham qadrsizlandi va hukumat 100:1 nisbatda yana pul almashtirishni lozim topdi. 1923-y. mart oyida Toshkentda Oʻrta Osiyo Sovet Respublikalarining birinchi iqtisodiy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Aynan shu konferensiyada mahalliy pullarni chiqarishni toʻxtatish va RSFSR davlat pul belgilariga oʻtishga qaror qilindi. 1923-y. may oyidan Buxoro pullari RSFSR emas, endi SSSR pullariga 1:3,5 nisbatda almashtirildi.

Aleksey Nurullayev.


Lotin alifbosida maqola: BUXORO PUL TIZIMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
BERUNIY
ARGENTINA
BRAZILIYA
AVSTRIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты