BAROTERAPIYA

BAROTERAPIYA (baro… va terapiya) — davolash maqsadida yuqori yoki past (odatdagiga nisbatan) havo bosimidan foydalanish. Umumiy Baroterapiya barokamerada oʻtkazilib, unga bir yoki bir necha bemor joylashtiriladi va unda kislorod, havo yoki boshqa kislorodi bor gazli aralashmaning oshirilgan yoki pasaytirilgan bosimi vujudga keltiriladi. Nafas yetishmovchiligi, yurak-tomir kasalliklari, gangrena, shok, koʻp qon yoʻqotish, shuningdek miyaga qon quyilishi yoki uning tomirlarida havo pufakchalarining turib qolishi, is gazidan zaharlanish va b. holatlarda Baroterapiyadan foydalaniladi. Havo bosimi oshirilgan umumiy Baroterapiya gavvoslarda kesson kasalligini davolashda qoʻllaniladi. Havo bosimi pasaytirilgan Baroterapiya koʻkyoʻtal, bronxial astma va tashqi nafasning qiyinlashuvi bilan kechadigan kasalliklarda qoʻllaniladi. Gipertoniya, yurakning ishemik kasalligi va hazm yoʻllaridagi ayrim kasalliklarning boshlangʻich shakllarini davolashda biatrondagi umumiy Baroterapiya qoʻllaniladi. Toʻqimalarning kislorodga toʻyinishini oshirish infeksiya qoʻzgʻatuvchisiga halokatli taʼsir koʻrsatadi, chunki u kislorodsiz sharoitda yaxshi koʻpayadi. Bunday davoni qoʻllash anaerob infekiiyadan oʻlishni ancha kamaytiradi va koʻpincha zararlangan sohani saqlab qolish imkonini beradi. OʻzRdagi koʻpgina davolash muassasalarida Baroterapiya keng qoʻllaniladi, buning uchun ular maxsus barokameralar bilan jihozlangan. Davo maqsadida Baroterapiyadan foydalanish mumkinligini vrach belgilaydi. Asosan davolash muassasalarida yetarli tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassis vrachlargina Baroterapiya bilan shugʻullanadi.


Lotin alifbosida maqola: BAROTERAPIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YURAK-TOMIR SISTEMASI KASALLIKLARI
YURAK
TIBBIYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты