BOLOR QOʻYDI, bolor oshirdi (toʻsin chiqardi) — uy-joy qurish b-n bogʻliq marosimlardan biri, uyning devori tiklangach, birinchi bolor (toʻsin) chiqariladi. Shunda quruvchi ustalar «bolor oʻtirmayapti» deyishadi. Uy egasi ustalarga bittadan yo koʻilak, yo chorsi beradi. Mana shundan keyin uyning bolorlari chiqariladi, ustalarga, qurilishda yordam berayotgan va hozir boʻlganlarga ziyofat beriladi. Bolor qoʻydi (oshirdi) marosimi uyning tomini yopish uchun chiqariladigan toʻsinlar yaxshi oʻtirsin, tomi mustahkam boʻlsin degan maqsadda qilinadigan xayrsadaqa koʻrinishlaridan biridir.