BOLOR QOʻYDI

BOLOR QOʻYDI, bolor oshirdi (toʻsin chiqardi) — uy-joy qurish b-n bogʻliq marosimlardan biri, uyning devori tiklangach, birinchi bolor (toʻsin) chiqariladi. Shunda quruvchi ustalar «bolor oʻtirmayapti» deyishadi. Uy egasi ustalarga bittadan yo koʻilak, yo chorsi beradi. Mana shundan keyin uyning bolorlari chiqariladi, ustalarga, qurilishda yordam berayotgan va hozir boʻlganlarga ziyofat beriladi. Bolor qoʻydi (oshirdi) marosimi uyning tomini yopish uchun chiqariladigan toʻsinlar yaxshi oʻtirsin, tomi mustahkam boʻlsin degan maqsadda qilinadigan xayrsadaqa koʻrinishlaridan biridir.


Lotin alifbosida maqola: BOLOR QOʻYDI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Mirjamol, Ziyoda - O’rgilay o’zim
TOSHKENT
Ali Otajonov - Hayit muborak bo’lsin
Shaxriyor - Rasvo
TOʻSIN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты