BANJARMASIN — Indoneziyadagi shahar va port. Jan. Kalimantan viloyatiiing maʼmuriy markazi, Kalimantan o. da. Aholisi 444 ming kishi (1990). Savdo markazi, yogʻochsozlik korxonalari va kema verfi mavjud. Banjarmasin orqali chetga neft, yogʻochtaxta, kauchuk, olmos, guttapercha chiqariladi. Un-t bor.