BAROMETR

BAROMETR (yun. baros — ogʻirlik – metr) — atmosfera bosimini Oʻlchashda ishlatiladigan asbob. Turli xillari bor:

1) simobli Barometr ; gidrostatik qonunlariga asoslanib yasalgan;

2) metall Barometr yoki aneroid; qattiq jismning elastikligiga asoslanib yasalgan;

3) gipsotermometr yoki termobarometr; suyuqlik qaynash t-rasining tashqi atm bosimiga bogʻliqligiga asoslanib yasalgan;

4) gaz B. ; gazlarning elastiklik xossasiga asoslanib yasalgan;

5) normal B; meteorologik st-ya tarmoqlaridagi Barometrlar uchun etalon vazifasini 6ajaradi. Meteorologik st-ya tarmoqchalarda eng koʻp tarqalgan simobli Barometr uzunligi 1 m ga yaqin keladigan bir uchi berk shisha naydan iborat. Nayga simob toʻldirilib, simobli metall kosaga toʻntarilsa, shisha naydagi simob ustuni tashqi atmosfera bosimi bilan muvozanatlashguncha naydagi simobning maʼlum qismi metall kosaga toʻkiladi. Shisha naydagi simob ustida boʻshliq (Torichelli boʻshligʻi) hosil boʻladi. Simobli Barometr baʼzan metall kosasiz, faqat shisha naydan yasaladi. Bunday Barometr uzun va qisqa tirsakdan iborat boʻlib, sifonli Barometr deyiladi. Uzun tirsagining uchi berk, qisqa tirsagining uchi ochiq va kengroq boʻladi. Atmosfera bosimi kamayganda kengroq joyga simob oqib tushadi. Sifonli Barometr larda atmosfera bosim ochiq va berk naylardagi simob ustunlari farqiga qarab topiladi. Atmosfera bosimi oʻzgarishlarini uzluksiz qayd qilib boradigan asbob barograf deyiladi.


Lotin alifbosida maqola: BAROMETR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ATMOSFERA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ANEROID
BOLGARIYA
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты