ANEROID

ANEROID (yun. a — inkor qoʻshimchasi — manfiy zarra, neros — suv) , metall barometr — atmosfera bosimini ulchash uchun ishlatiladigan asbob. Asosiy ish qismi ichidan havosi soʻrib olingan elastik xususiyatli yassi toʻgarak quticha, ustki va ostki yuzasi toʻlqinsimon qilib burmalangan. Havo bosimi oʻzgarganda quticha oʻz shaklini oʻzgartiradi (bosim oshganda quticha siqiladi, kamayganda kengayadi) va bu oʻzgarish richaglar tizimi yordamida shkalada harakatlanuvchi milga uzatiladi. Aneroid shkalasi simobli barometr yordamida darajalanadi. Mil koʻrsatishi boʻyicha shkala uzatmasidan tashqari t-ra va qoldiq deformatsiya uchun tuzatma kiritiladi. Har bir yangi Aneroidga tegishli tuzatmalar jadvali beriladi. Aneroid nisbiy asbob, uning aniqligi 1—2mbar. Aneroid meteorologiya st-yalarida ehgiyot barometr sifatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: ANEROID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
METEOROLOGIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
BAROMETR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты