BILLUR

BILLUR, xrustal — shishaning alohida turi. Tarkibida bariy oksidi va qoʻrgʻoshin oksidi (27%) koʻproq boʻladi. Shishaga qaraganda pishiqrokligi, qalinroqligi, yorugʻlik nurini yaxshi sindirishi bilan ajralib turadi. Billur turlituman tuslarda jilvalanadi, chertganda jarangdor tovush chiqaradi. Undan qandillar, likopchalar, guldonlar, kanddonlar, turli bezak buyumlari yasaladi, binolarni bezashda ham foydalaniladi. Olmos bilan ishlov berib, Billur buyumlarda nafis naqshlar hosil qilish, qirralar chiqarish mumkin. Billur buyumlar qirralariga yorugʻlik tushganda rangbarang tusda tovlanib turadi.


Lotin alifbosida maqola: BILLUR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
BARIY
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
BADIIY SANOAT
BARIY NITRAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты