BOʻRK

BOʻRK — qad. bosh kiyimi. Qishda hamda yozda kiyiladigan Boʻrk boʻladi. Boʻrk hayvon terisidan tikilib, qimmatbaho qalin gazmol bilan qoplanadi. Boʻrkni erkaklar ham, xotinqizlar ham kiyishadi. Tikilgan hayvon terisiga qarab, u qunduz B., suvsar Boʻrk, qamshat Boʻrk, tulki Boʻrk va h. k. boʻlib nomlanadi. Qizlar B. i har xil taqinchoqlar, tangalar, uzuklar bilan bezatilgan. Erkaklarda toʻyziyofatga kiyiladigan qimmatbaho, oddiy kunlarda, ishga kiyadigan B. lar ham boʻlgan. Boʻrk oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, qirgʻiz, boshqird, tatar, uygʻur va b. xalklar orasida tarqalgan. «Devonu lugʻotit turk» (11-a.)da «Bosh yorilsa boʻrk ichida» maqoli shaklida uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: BOʻRK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
DEVONU LUGʻOTIT-TURK
QORAQALPOGʻISTON
QOZOGʻISTON
QIRGʻIZISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты