BUKISH STANOGI

BUKISH STANOGI — yogʻochni bukib zarur shakl beradigan qurilma; ishi yogʻochning plastik xossasidan foydalanishga asoslangan. Yogʻoch B. yeda bukilganda yogʻoch zarralari orasidagi bogʻlanish buzilmagani, yaʼni yogʻoch tolalariga zarar yetmagani holda barqaror egri chiziq shaklidagi detal hosil boʻladi. Yogʻochning jinsiga qarab, u presslab yoki presslamay bukiladi. Bukish stanogiga almashinadigan andaza oʻrnatib, metall shinaning old uchi bilan biriktiriladi. Andaza ishlov beriladigan zagotovkaga kerakli (egri chiziqli)shakl berish uchun xizmat qiladi. Presslab bukishda qisuvchi rolik bukish jarayonida zagotovkani tolasiga koʻndalang tarzda presslaydi. Presslamay bukishda qisuvchi rolik olib qoʻyiladi yoki yoniga suriladi. Bukishdan oldin zagotovkaga gidrotermik (suyuklikissiklik) ishlovi beriladi. Bukish stanogi mebel, changʻi, gʻildirak va b. buyumlar ishlab chikarishda keng qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: BUKISH STANOGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
ANDAZA
BUKISH MASHINASI
BUKISH
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты