BURGUTLI DOVONI — Turkiston tizma togʻlarining suvayirgʻich qismidagi dovon. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi chegarasida joylashgan. Balandligi qariyb 2960 m. B. d. orqali Sangzor vodiysidan Zarafshon vodiysiga piyoda yoki ulovda oʻtish mumkin. Sangzor daresining yuqori oqimidagi Koʻkjarsoy orqali koʻtarilib Burgutli dovonidan Zarafshon daryosi vodiysiga (Ziddi, Mingdona qishloqlari) Kozboysoydagi yoʻl bilan tushiladi. Burgutli dovonidan iyun—sent. oylarida foydalanish mumkin.