BOʻKA TUMANI

BOʻKA TUMANI — Toshkent viloyati tarkibidagi tuman. Viloyatning jan. gʻarbiy qismida joylashgan. 1943-y. 18-mayda tashkil etilgan. Shim. gʻarbda viloyatning Oqqoʻrgʻon, shim. sharqda Piskent, jan. da Bekobod tumanlari b-n, gʻarbda Sirdaryo viloyatining Oqoltin va Guliston tumanlari, sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 0,59 ming km2. Aholisi 111,8 ming kishi (2001). Boʻka tumanida 1 shahar (Boʻka), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Koʻkorol, Namuna, Ravot, Turon, Chigʻatoy, Qoraqoʻyli, Qoʻshtepa) bor. Markazi — Boʻka sh.

Tabiati. Boʻka tumani hududi jan. va jan. gʻarbga tomon Sirdaryoga kiya tushgan togʻ oldi tekisligidan iborat. Iqlimi keskin kontinental, quruq ikdim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —1» dan —1,5» gacha, iyulniki 27°. Vegetatsiya davri 210—215 kun. Yiliga 250—350 mm yogʻin tushadi. Boʻz tuproqlar bilan qoplangan, lyossli tekislikning koʻp qismi uzlashtirilgan. Dare terrasalarida allyuvial tuproklar, Sirdaryo sohillarida toʻqayzorlar bor. Ularda chiyaboʻri, quyon, tustovuq uchraydi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar; shuningdek rus, tojik, qozoq, kirgiz, turk va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km! ga 155 kishi. Shaharliklar 20,5 ming kishi, qishloq aholisi 91,3 ming kishi (2001).

Xoʻjaligi. Boʻka tumani sanoati kamrivojlangan. Paxta tozalash z-di, maishiy xizmat koʻrsatish, taʼmirlash, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar, avtobazalar, avtobustaksomotor parki bor. Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan «Akkummashservis» korxonasi traktor va avtomobillar uchun akkumulyator batareyalari ishlab chiqaradi. 168 kichik korxona, 15 kooperativ korxona mavjud.

Q. x. tuman xujaligining yetakchi tarmogʻi boʻlib, asosan paxtachilik, sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan. Tuman hissasiga Toshkent viloyati q. x. yalpi mahsulotining 8,2%, paxta yalpi hosilining 15,2%, gʻallaning 9,7% toʻgʻri keladi (1995). Boʻka tumani dagi 22 shirkat xoʻjaligining 21 tasi paxtachilikka, bittasi bogʻdorchilik, tokchilikka ixtisoslashgan, 1 ta xoʻjalikaro q. x. korxonasi, 279 fermer xoʻjaligi, 206 shaxsiy kichik korxona bor. Umumiy ekin mayd. (tomorqalar b-n birgalikda) 38,7 ming ga boʻlib, asosan sugʻoriladigan yerlardir. Ekin maydonining asosiy qismi paxta, gʻalla, sabzavot, kartoshka, yemxashak ekinlari bilan band. Pilla yetishtiriladi. Baliqchilik b-n shugʻullaniladi. Chorvachiligi asosan goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Tumanda 25,8 ming qoramol, shundan 11,8 ming sigir, 19,9 ming qoʻy va echki bor. Boʻka tumani Toshkent viloyati va respublika tumanlari bilan avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan.

1999/2000 oʻquv yilida 52 umumiy taʼlim maktabida 23400 oʻquvchi oʻqidi. Akademik litsey, musika maktabi, agrokollej, 50 maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasi, 48 kutubxona, muzey, madaniyat saroyi, kinoteatr mavjud. Markaziy kasalxona (370 oʻrinli), 3 qishloq kasalxonasi, feldsherakusherlik punktlarida 160 vrach, 975 oʻrta tibbiy xodim faoliyat koʻrsatadi. «Xalq ovozi» tuman gaz. (1952-y. dan) nashr etiladi.


Lotin alifbosida maqola: BOʻKA TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
BUXORO VILOYATI
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUYUK BRITANIYA
BEKOBOD TUMANI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты