BOʻZ TUMANI

BOʻZ TUMANI — Andijon viloyatshagi tuman. 1950-y. 5 apr. da tashkil etilgan. 1962-y. 24 dek. da Shahrixon tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1964-y. 31 dek. da qayta tuzilgan. Boʻz tumani shimol, shim. gʻarbda viloyatning Ulugʻnor tumani, shim. da Baliqchi tumani, sharkda Shahrixon tumani, jan. gʻarbda Fargʻona viloyatining Yozyovon tumani, jan. da Oxunboboyev tumani, jan. sharqda Quva tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,20 ming km2. Aholisi 50,0 mingdan ziyod kishi (2000). Boʻz tumanida I shaharcha (Boʻz) va 3 kishloq fuqarolari yigʻini (Mannop Jalolov, Xovos, Xoldevonbek) bor. Markazi — Boʻz shaharchasi.

Tabiati. Boʻz tumanining yer yuzasi dengiz sathidan 500 m balandlikdagi tekislikdan iborat. Tuman hududining gʻarbiy qismida koʻchma kum tepalari koʻp. Tepaliklar orasidagi pastlik joylarda baʼzan botqoqliklar uchraydi. Tuman hududi 3 massivga boʻlingan: 1) Sharqiy Yozyovon massivi,

2) Katta Fargʻona kanali massivi,

3) Ulugʻnor massivi. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0°dan —4°gacha, iyulniki 24°—28°. Yiliga oʻrtacha 200— 300 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 210 — 220 kun. Tuman xoʻjaliklari Katta Fargʻona kanali, Katta Andijon kanali va Shahrixonsoydan sugʻoriladi. Yer osti suvlari yuza (baʼzi joylarda 30 — 60 sm) boʻlganidan shoʻr yerlar koʻp, kattik arziqlar (ganchsimon tuproqli yerlar) bor. Oʻzlashtirilmagan yerlarda shoʻrlar yer betiga chiqib yotadi. Ayrim joylarda botqoqliklar vujudga kelgan. Tuproq tarkibi kumloq, yarim qumloq va qumsiz, chirindi miqdori 1,3 — 1,7%. Shoʻrlanmagan joylarda 0,04 — 0,6% sulfat va xlorid kislota tuzlari, shoʻrlangan yerlarda esa 1—1,2% dan 3% gacha har xil tuzlar bor. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, shura, ajriq, kurmak, gʻumay, qamish, yulgʻun va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, har xil ilonlar, suvsar, suv havzalarida baliqlar yashaydi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek rus, tojik, qirgʻiz, koreys, tatar va b. millat vakillari ham bor. 1 km2 ga 234 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 12,8 ming, qishloq aholisi 36,0 ming kishi.

Xoʻjaligi. Boʻz tumanida qishloq xoʻjaligi (paxtachilik, chorvachilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik) asosiy oʻrin tutadi. MTP, avtokorxona faoliyat koʻrsatmoqda. Eng muhim tarmogʻi — paxtachilik. Tumanda 2 sanoat korxonasi: Boʻz paxta tozalash z-di va «Zafar» aksiyadorlik jamiyati bor. Q. x. da ekinzorlar mayd. 12670 ga, shu jumladan 7553 ga yerga paxta, 327 ga yerga beda va b. ekiladi. Boʻz tumanida 6 shirkat xoʻjaligi, dehqon xoʻjaligi uyushmasi va shirkat uyushmasi, 77 dehqonfermer xoʻjaligi, 3 xususiylashtirilgan fermer va b. xoʻjaliklar bor. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 11478 qoramol, 11198 qoʻy va echki, kariyb 13,6 mingdan ziyod parranda boqiladi.

1999/2000 oʻquv yilida 25 umumiy taʼlim maktabida 10 mingdan ziyod oʻquvchi, akademik litseyda 475 dan ortiqoʻquvchi, ped. va tibbiyot bilim yurtlarida 2043 nafar talaba taʼlim oldi. 40 dan ortiq maktabgacha tarbiya muassasalarida 6 mingdan ziyod bola tarbiyalandi. 34 ommaviy va bolalar kutubxonasi, I klub, muzey, sanʼat saroyi, musiqa maktabi, 370 oʻrinli kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikasi, yuqumli kasalliklar shifoxonasi, 13 feldsherakusherlik punkti, 6 qishloq vrachlik punkti boʻlib, ularda 46 vrach, 445 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1951-y. dan «Boʻz haqiqati» tuman gaz. chiqadi (adadi 1550).


Lotin alifbosida maqola: BOʻZ TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUYUK BRITANIYA
BALIQCHI TUMANI
ANDIJON TUMANI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты