ATMOSFERA YOGʻINLARI

ATMOSFERA YOGʻINLARI — bulutlardan yogʻadigan yoki havoda suv buglarining kondensatlanishi natijasida yer yuzasiga va oʻsimliklar sirtiga tushadigan tomchi yoki muz holatidagi suv. Bulutlardan yomgʻir, qor, hoʻl qor va muz donachalari, doʻl va h. k. yogʻadi. Havodagi suv bugʻlaridan shudring, qirov, bulduruq va b. hosil boʻladi. Oʻta sovigan yomgir, tuman yer yuzasida va narsalar ustida muz qatlamlari hosil qiladi. Atmosfera yogʻinlari davomli va oʻrtacha tezlikda, jala shaklida va mayda shivalab yogʻuvchi yogʻinlarga ajratiladi. Davomli va oʻrtacha tezlikda yogʻuvchi Atmosfera yogʻinlari qatlamli yomgʻir beruvchi va yuqori qatlam bulutlardan yogʻadi. Jala boʻlib yogadigan Atmosfera yogʻinlari yomgʻirlitoʻp bulutlardan yirik tomchi yoki pagʻa-pagʻa qor, mayda muz donachalari, yezda esa doʻl shaklida yogʻadi, tusatdan katta tezlik bilan boshlanib, tezda tuxtaydi, issiq davrda esa momaqaldiroq bilan birgalikda oʻtadi. Mayda shivalab yogʻuvchi Atmosfera yogʻinlari qatlamli bulutlardan (baʼzan tumanlardan) mayda tomchi va tez eriydigan qor shaklida yogʻadi. Atmosfera yogʻinlari meteorologik st-yalarda yomgʻir oʻlchagich, yogin ulchagich va plyuviograflar, katta maydonlarda esa radiolokatorlar yorda-mida Ulchanadi. Yerga tushgan Atmosfera yogʻinlari mikdo-ri suv balansini koʻrsatadigan mm b-n, jadalligi esa vaqt birligi (min., soat, sutka)dagi miqdori (mm) bilan ulchanadi. Atmosfera yogʻinlari miqdori Oʻrta Osiyo hududi boʻylab gʻoyat notekis taqsimlanadi. Ularning yillik miqdori tekisliklarda oʻrtacha 100 — 200 mm, togʻ oldi va togʻli r-nlarda 500 — 1000 mm, baʼzan 1500 mm va undan koʻproq. Yogʻinlar tekisliklarning katta qismida, togʻ oldi va baʼzi tomi r-nlarda yoz oylarida eng kam, bahor (mart — apr.) yoki kuz (okt. — noyab.)da eng koʻp yogʻadi. Shim. va baland togli r-nlarda esa eng koʻp yogʻingarchilik apr. — may oylarida kuzatiladi. Yezda faqat togli r-nlardagina yogʻingarchilik boʻladi. Oʻrta Osiyoning yogʻinlari kam tushadigan r-nlarida yoginlarning sutkalik maksimum ekstremal miqdori 30 — 50 mm, yogʻingarchilik koʻp boʻladigan r-nlarda esa sutkalik maksimum miqdor 100 mm va undan koʻproq. Atmosfera yogʻinlari kuzatiladigan kunlar soni bir yilda 40 — 200 oʻrtasida oʻzgarib turadi. Atmosfera yogʻinlari qish — bahor davrida yerda tuproq nam zaxirasini hosil qiladi, bu esa q. x. da katta ahamiyatga ega. Atmosfera yogʻinlari yetarli (yiliga 200 mm va undan koʻproq) boʻlgan sharoitlarda eqilgan ekin tabiiy nam hisobiga unib chikadi, natijada birinchi sugorishni keyinroqqa surish mumkin boʻladi.

Hamid Abdullayev, Olga Subbotina.


Lotin alifbosida maqola: ATMOSFERA YOGʻINLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ATMOSFERA
BULUT
BUYUK BRITANIYA
AMUDARYO
AFRIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты