AEROLOTSIYA (aero… va gollandcha loodsen — kemani olib yurish) — havo yoʻlining mukammal tafsiloti (xaritasi). Shturmanning, shturmansiz uchish apparatlarida esa uchuvchining xatarsiz va adashmay uchishini taʼminlash uchun tuziladi. Aerolotsiya havo yoʻlining iqlim va tabiiy-geografik tafsilotini, samolyotdan koʻrinadigan moʻljallarning tafsilotini, aerodrom, qoʻnish maydonlari va meteorologik st-yalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.