AMPELOGRAFIYA

AMPELOGRAFIYA, tokshunoslik (yun. ampelos — uzum va grafiya) — tok turlari va navlarini oʻrganadigan fan. «Ampelografiya» terminini birinchi marta polyak tabiatshunosi F. Ya. Saks (1661) qoʻllagan. Ampelografiyaning ilmiy asoslarini ispan olimi S. Klemente tavsiflab bergan (1806). Ampelografiya umumiy va xususiy Ampelografiyaga boʻlinadi. Umumiy Ampelografiya tok navlari sistematikasi, tasnifi, kelib chiqishi va tarqalishi, shuningdek tadqiqotlar hamda qiyosiy Ampelografiya usullarini oʻrganadi. Xususiy Ampelografiya tok navining botanik taʼrifi, ularning agrobiologik va xoʻjalik nuqtayi nazaridan texnologik taʼrifi hamda navlarni r-nlashtirish masalalari bilan shugʻullanadi. Tok navlarini tavsiflashda Xalqaro ampelografiya komissiyasi taʼsis etgan (Vena, 1873) yagona tizim qabul qilingan. Ampelografiya tadqiqotlari ampelografik kolleksiyalarda, davlat nav sinash uchastkalari va uzumchilik xoʻjaliklarida, yovvoyi toklar boʻyicha esa ular oʻsadigan hududlarda oʻtkaziladi. Tadqiqotlar natijalari davriy nashr etiladigan kataloglar va «Ampelografiya» ilmiy toʻplamlarida eʼlon qilinadi. Tok mevasi — uzumni baholashda qand miqdori, kimyoviy tarkibi, yetilish davri, qaysi maqsadda foydalanish tomonlari hisobga olinadi. Ampelografiya tadqiqotlari materiallari alohida kitob holida nashr etiladi, davriy nashrlarda yoritib boriladi, shuningdek Parijdagi Xalqaro uzumchilik va vinochilik byurosi nashr etadigan Xalqaro tok navlari registri (roʻyxati)da eʼlon qilinadi. Ampelografiyani rivojlantirishda ampelograf olimlardan M. A. Lazarevskiy, A. M. Negrul, P. X. Kiskin, Ye. A. Panasevich, Ye. B. Ivanov, M. M. Mirzayev va b. ning hissasi katta.

Ampelografiya tok genofondini oʻrganish va uzumchilik boʻyicha maʼlumotlar bankini yaratishda katta ahamiyatga ega. Ampelografiya asosida tokzorlardan yuqori hosil olishning ilmiy jihatdan asoslangan texnologiya tadbirlari ishlab chiqiladi, har bir viloyat tuproq-iqlim sharoitiga qarab tok navlari tanlanadi va tavsiya qilinadi. Mas, Samarqand viloyati, asosan, mayizbop uzum yetishtirishga ixtisoslashgan. Oʻzbekistonda tokning 100 dan ortiq mahalliy va chetdan keltirilgan navlari oʻstirilmoqda. Keyingi 25—30 y. ichida seleksioner olimlar tanlash va chatishtirish yoʻli bilan bir qancha yangi tok navlarini yaratdilar (Rizamat, Soyaki, Oʻzbekiston muskati va b.).

Mahmud Mirzayev, Rixsivoy Joʻrayev.


Lotin alifbosida maqola: AMPELOGRAFIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DAVLAT NAV SINASH TARMOGʻI
GEOGRAFIYA
QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK
POLSHA
ISPANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты