ADAMAR

ADAMAR (Hadamard) Jak (1865.8.12, Versal — 1963.17.10, Parij) — fransuz matematigi. Fransiya FA aʼzosi. Mat. ning turli sohalarida i. t. ishlari olib borgan. Sonlar nazariyasida rus matematigi P. L. Chebishev qoʻygan «Tub sonlar taqsimlanishining asimptotik qonuni» muammosini hal qilgan. Adamar hoz. zamon «Butun analitik funksiyalar nazariyasi»ning yaratilishiga katta hissa qoʻshgan. Uning differensial tenglamalarga doir ishlari diqqatga sazovor. Adamar mexanikada ustuvorlik muammolari va muvozanatlik holatiga yaqin holatdagi mexanik tizimlarning trayektoriyalari xossalarining tadqiqi, mat. ni maktabda oʻqitish masalasi bilan ham shugʻullangan. London, Vashington va b. mamlakatlar FA lari faxriy aʼzosi.


Lotin alifbosida maqola: ADAMAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
MATEMATIKA
FIZIKA
TOSHKENT
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты