AREVSHAT

AREVSHAT — xoʻraki oʻrtapishar uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik i. t. institutida Kattaqoʻrgʻon va Parkent navlarini chatishtirib yaratilgan. Armanistonda ekiladi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha, besh boʻlmali, kertiklari chuqur, tuksiz. Guli ikki jinsli, uzum boshi yirik, choʻzinchoq, tigʻiz. Gʻujumi yirik, dumaloq, pushti. Pusti yupqa, eti sersuv, shirin. Hosili kurtak yozilishidan faol harorat yigindisi 2800° — 2900 da 153 — 158 kunda pishadi. Kasallik va zararkunandalarga chidami oʻrtacha, sovuqqa bardoshi past. Yangiligida isteʼmol etiladi, qishda saqlashga chidamli.


Lotin alifbosida maqola: AREVSHAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ARMANISTON
TAGUI
UZUMCHILIK
SIRANUSH
TATEVI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты