SIRANUSH

SIRANUSH — kechpishar xoʻraki uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik i. t. institutida Kattaqoʻrgʻon va Pushti kishmish navlarini chatishtirib chikerilgan (Ye. A. Yergesyan). Tupi kuchli oʻsadi, barglari oʻrtacha, yumaloq, 5 boʻlmali, sel kertikli, ters tomoni silliq. Guli 2 jinsli. Uzumi avg. — sent. da pishadi. Uzum boshi yirik, konussimon, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi oʻrtacha yoki yirik, yumaloq, oqsariq, urugʻsiz, gʻubor bilan qoplangan. Poʻsti yupqa. Eti goʻshtdor, sersuv. Tarkibida 20—22% qand bor. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3450° boʻlganda — 150—165 kunda pishadi. Hosildorligi 150—180 s/ga. Yangiligida isteʼmol qilinadi, mayiz tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: SIRANUSH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TAGUI
STRASHENSKIY
ARMANISTON
UZUMCHILIK
TARONI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты