TARONI

TARONI — kechpishar xoʻraki uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik i. t. intida Echkiemar va Parkent navlarini chatishtirib chiqarilgan (S. A. Pogosyan, S. S. Xachatryan, E. L. Martirosyan). Tupi kuchli oʻsadi. Barglari oʻrtacha, besh boʻlmali, orqa tomoni silliq, guli 2 jinsli. Uzum boshi yirik, konussimon, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi yirik, choʻziq, toʻq binafsha rang. Quyuq gʻubor bilan qoplangan. Pusti kalin. Eti goʻshtdorsersuv. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3400° boʻlganda 160—165 kunda toʻliq yetiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Sovuqqa chidami past. Hosildorligi 160—180 s/ga. Oidium bilan zararlanadi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, uzoq saqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: TARONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TATEVI
TAGUI
SIRANUSH
ARMANISTON
NAREKATSI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты