ARSLON XOJATARXON — 15-a. bi-rinchi yarmida yashagan davlat arbobi, shoir. Ulugʻbekning ishonchli amirlaridan. Sabron sh. hokimi boʻlgan. Sakkokiy maʼlum davr uning saroyida yashagan. Arslon Xojatarxon zukko olim va iqtidorli shoir boʻlganligi qator manbalarda qayd etilgan. Arslon Xojatarxon oʻz saroyida ijodkorlar yigʻini oʻtkazishni xush koʻrgan. Qad. turkiy qoʻlyozmalarni maxsus koʻchirtirgan va baʼzi asarlarni arab, fors, turkiy tilga tarjima qildirgan. Arslon Xojatarxon turkiy adabiy til va tur-kiy (uygʻur) yozuvning bilimdoni boʻlgan. U Ahmad Yugnakiynij «Hibat ul-haqoyiq» dostonini uygʻur yozuvida koʻchirtirgan (1444), qoʻlyozma oxiriga Adib Axmad haqidagi «Adibning yeri oti Yugnak erur, Sifoti ajab yer, koʻngillar yorur…» misralari bilan boshlanuvchi oʻn baytli masnaviyini ilova qildirgan.
Arslon Xojatarxon ijodidan hozircha faqat shu 20 satr masnaviy maʼlum. Shoir haqida baʼzi maʼlumotlar Sakkokiy qasidalarida, Shotibiyning «Qurʼon oʻqish sanʼati haqida»gi risolasi tarjimasining debochasida uchraydi.