ASHURALI MEHTAR

ASHURALI MEHTAR (familiyasi Yusupov) (1893.11.7, Andijon — 1980.1.5, Toshkent) — oʻzbek xalq sozandasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1944). Xalq dorbozlari va qoʻgʻirchoqbozlarning hamkori, mehtarlik sanʼati anʼanalarining bilimdoni surnay, karnay, nogʻora yoʻllarining ustasi. Ashurali Mehtar «Hujum», «Oʻrtoqlar», «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin» asarlariga musiqa bastalashda T. Jalilov, M. Tillayevlarga hamkorlik qilgan. U. Ismoilovning «Rustam» dramasiga musiqa bastalagan. Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatri sozandasi (1940—65). Sanʼatshunoslik i. t. intida Ashurali Mehtar ijro etgan oʻzbek anʼanaviy musiqasi nodir yozuvlari saqlanmoqda.

Ashurali Mehtar ijrosidagi Buzruk (savtlari b-n), Dugoh (ufor va savtlari b-n), Iroq (mushkiloti ufor, duchavalari b-n), Nasr (talqini b-n), Yalang davron (ufori b-n), Mustahzod (uforlari b-n), Navo (savti, mushkiloti, charxlari b-n) kabi 40 dan ortiq mumtoz kuy Yu. Rajabiyning «Oʻzbek xalq musiqasi» toʻplamidan oʻrin olgan. U «Dorbozlar» va b. filmlarda xalq sozandasi sifatida qatnashgan.

Ad.: Olimboyeva K., Ahmedov M., Oʻzbekiston xalq sozandalari, T., 1959.


Lotin alifbosida maqola: ASHURALI MEHTAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
ANDIJON TEATRI
Tamila - Toshkent-Surxondaryo
BUYUK BRITANIYA
BOLGARIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты