BEGONA OʻTLAR

BEGONA OʻTLAR, begona oʻsimliklar — odamlar ekmaydigan, ammo ekinlar orasida oʻsib, ularga zarar yetkazadigan, maʼlum bir maydonda oʻsi-shi maqsadga muvofiq boʻlmagan oʻsimliklar. B. oʻ. madaniy oʻsimliklar hosilini kamaytirib, q. x. ga katta zarar yetkazadi. Jahoi miqyosida Begona oʻtlar tufayli hosil nobudgarchiligi 20 mlrd. dollarni yoki umumiy hosilning 14,5% ni, Oʻzbekistonda paxta va b. ekinlar hosilining 15 — 20% ni tashkil etadi. Begona oʻtlar kuchli rivojlangan ildiz sistemasi b-n madaniy oʻsimliklarga nisbatan tuproqdagi oziq modda va namlikdan koʻproqfoydalanadi, ularnnng rivojlanishi hamda yuqori hosil toʻplashiga toʻsqinlik qiladi. Mas. yaxshi rivojlangan bir tup gʻumay tuproqda 3 — 4 m2-maydonni egʻallashi mumkin. Parazit Begona oʻtlar (zarpechak, shumgʻiya) oʻta xavfli boʻlib, oziq moddalarni bevosita madaniy oʻsimlikning oʻzidan soʻradi va ularni nobud qiladi.

Begona oʻtlarning bir necha ming turi maʼlum. Oʻzbekistonda sugʻoriladigan dehqonchilik hududida 269 ga yaqin turi uchraydi, jumladan, bir yillik Begona oʻtlardan qorakurmak, itqoʻnoq, shoʻra, olabuta, ituzum, semizoʻt, eshakshoʻra hamda koʻp yilliklardan gʻumay, ajriq, qoʻypechak, salomalaykum va b. ekinlarga zarar yetkazadi. Hayot tarzi va yer osti vegetativ organlarining tuzilishiga koʻra bir, ikki va koʻp yillik Begona oʻtlarga boʻlinadi. Bir yillik Begona oʻtlar hayotida bir martagina msva, urugʻ berib, ularning rivojlanishi bir yoki ikki vegetatsion mav-sum davom etadi, xolos. Ularning ildi-zi yerning yuza qatlamlaridagina rivojlanadi. Koʻpchiligi urugʻ yordamida koʻpayadi (faqat zarpechak bundan mustasno). Bu guruhga 3 tipdagi Begona oʻtlar kiradi. Efemerlar — umri yozgi qurgʻoqchilik boshlanishi bilan tugaydigan, tez va qisqa ri-vojlanish sikliga ega boʻlgan bir yillik Begona oʻtlar Bularning kuzgi va bahorgi formalari (yovvoyi bugʻdoyiq. yaltirbosh va b.) mavjud. Efemerlar, asosan lalmikor ekinzorlarda tarqalgan. Uzoq oʻsish sikl iga ega biryillik Begona oʻtlar efemerlardan farq qilib, rivojlanish sikli uzoqroq davom etadi va odatda, kuzda tugaydi. Baʼzi turlari (bahorgi formalar) rivojlanishi erta bahorda, kunlar isishi bilan boshlanadi (mas, zarpechak, tuyaqorin va b.) – Birok koʻpchilik turlari kuzgi formaga mansub. Ikki yillik Begona oʻtlar hayotining birinchi yilida toʻpbarg hosil qilib, shu holda qishlaydi. Ikkinchi yili esa poyasi rivojlanadi, meva tugadi va nobud boʻladi (mas, koʻztikan, shaytonkelmas, moxobel va b.) – Ularni yoʻqotish uchui koʻp kuch va mablagʻ sarflanadi. Koʻp yillik Begona oʻtlar hayotidabir necha marta gullab, urugʻlaydi. Ular yer osti organlari bilan ham koʻpaya oladi. Yer osti organlarining tuzilishi va koʻrinishiga qarab koʻp yillik Begona oʻtlarni bir necha tiplarga boʻlish mumkin. Oʻq ildiz-l i B. oʻ. asosiy ildiz va undan chiqadigan koʻplab mayda ildizchalar hamda ildiz tukchalariga ega (mas, zubturum, sachratqi va b.). Bu oʻsimliklar vegetativ yoʻl b-n koʻpaymaydi. Popukil-d i z l i B. oʻ. ning mayda ildizlari kuchli rivojlangan boʻladi (zubturum). I l dizbachkililarning ildizi juda rivojlangan boʻlib, yerga chuqur oʻsib kiradi, ularning ildiz kurtaklaridan rivojlanadi gan bachkilari bor. Bachkilar baʼzi oʻsimliklarning asosiy ildizida, ayrimlarining butun ildiz tizimi boʻylab (boʻztikan) yoki maxsus koʻpayish ildizlarida (yantoq, oqbosh, jinchak va b.) hosil boʻladi. Bunday Begona oʻtlar oʻta yashovchanligi bilan boshqalaridan farqqiladi. Ildizpoya-l i B. oʻ. ning gorizontal sudralib oʻsuvchi, yerga uncha chuqur kirmagan yer osti poya — ildizpoyasi bor: bular baʼzilarida kalta (gʻumay), ayrimlarida esa uzun (ajriq, bugʻdoyiq). Namlangan tuproqqa tushgan ildizpoya boʻlaklari tez va oson oʻsish xususiyatigaega. Ildizmevali Begona oʻtlar iing yer osti piyozi yoki tuganaklari boʻladi (yovvoyi piyoz, lola va b.). Asosan, urugʻ b-n, shuningdek tuganak yoki piyoz yordamida koʻpayadi. Ch i m s i – mon ildizli Begona oʻtlar popuk ildizli boʻlib, bularning yer ustki organlari yil sayin oʻsib, chim hosil qiladi. Bunday Begona oʻtlar vegetativ koʻpayish xususiyatiga ega emas (savagʻich va b.). B.

Oʻzbekistonda sugʻoriladigan dehqonchilik hududlarida koʻp uchraydigan begona oʻtlar oʻ. ning yana boshqa tasniflari ham mavjud.

Begona oʻtlarga qarshi kurashda mexanik, agrotexnik va kimyoviy usullaridan foydalaniladi. Samarali kurash olib borish uchun ularning hayot tarzi, ayniqsa, koʻpgnna Begona oʻtlar qoʻshimcha koʻpayish organi boʻlgan ildiz tuzilishini bilish muhim ahamiyatga ega. Qarshi kurashda qoʻllaniladigan barcha choratadbirlar maʼlum daladagi Begona oʻtlar biologiyasini tahlil qilishdan kelib chiqishi kerak. Har bir dala uchun unda oʻsayotgan Begona oʻtlarga xos qarshi kurash choralari tizimi ishlab chiqiladi. Tanlangan usulda agrotexnik va kimyoviy choralar, shuningdek urugʻlik materiallarning tozaligi hamda karantin tadbirlar eʼtiborga olinadi.

Muhim agrotexnik tadbirlardan biri yerni 30 — 40 sm chuqurlikda koʻsh yarusli pluglar bilan haydashdir. Yerni chuqur agʻdarish Begona oʻtlar urugʻi va ildizpoya boʻlaklarini chuqurga koʻmib, unib chiqishiga yoʻl koʻymaydi. Daladagi Begona oʻtlarni kamaytirish uchun tuproqni agʻdargichsiz osma va tirkama pluglar yordamida yumshatiladi, ildizpoyalar (qamish, gʻumay, ajriq va b.) esa chizel yoki kultivatorlar, shuningdek tishli boronalar bilan taroklanadi va yigʻishtirib olinib, yoʻqotiladi. Erta bahorda Begona oʻtlar maysaii boronalash b-n yoʻqotiladi. Ekinlar vegetatsiyasi davrida esa Begona oʻtlar oʻtoq qilinadi. Bir, ikki va koʻp yillik Begona oʻtlarga qarshi kimyoviy kurash usulida tanlab taʼsir qiluvchi gerbitsidlarlan foydalaniladi. Paxta dalalaridagi bir yillik Begona oʻtlarga va koʻp yillik Begona oʻtlarning maysasiga qarshi bahorda goʻza maysalari paydo boʻlgunga qadar treflan va prometrin preparatlari tavsiya qilinadi. Shoʻrlangan va yengil qumli tuproqpa esa kotoforagm foydalansa boʻladi (baʼzi Begona oʻtlarga qarshi kurash choralari haqida begona oʻt toʻgʻrisidagi alohida maqolalarga Q.).

Ad:. Hamidov A., Oʻzbekistondagi begona oʻtlar, T, 1973; Qobulov J. S,Sulay m o n o v E., Begona oʻtlar va ularga qarshi kurash, T., 1976.

Sulton Alimuhamedov, Otaxon Abdullayev.


Lotin alifbosida maqola: BEGONA OʻTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
DEHQONCHILIK
DEHQONCHILIK TIZIMI
BIOLOGIYA
AFGʻONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты