DEHQONCHILIK TIZIMI

DEHQONCHILIK TIZIMI — yerdan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, ekinlardan yuqori va barqaror hosil olishga qaratilgan, oʻzaro bir-biriga boglik texnologik (agrotexnik), meliorativ va tashkiliy iqtisodiy tadbirlar majmui. Hozirgi q. x. da Dehqonchilik tizimi oʻzaro aloqador bir qancha boʻgʻinlarni oʻz ichiga oladi: almashlab ekishnp tashkil etish; ekinni yetishtirish texnologiyasi; yerni ishlash tizimi; oʻgʻitlash tizimi; begona oʻt, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash tadbirlari; urugʻchilik; yerni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish tadbirlari; suvdan toʻgʻri foydalanish, tuproqning shoʻrlanishi va botqoklanishiga qarshi irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish va b. ; ayrim mintaqalarda suv chiqarish, botqoq yerlarni quritish, kimyoviy melioratsiyalash (yerni ohaklash, gipslash va b.), dala ihota oʻrmonzorlari barpo etish ham Dehqonchilik tizimi tarkibiga kiradi.

Dehqonchilik tizimining paydo boʻlishi va oʻzgarib borishi jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari, ayniqsa sanoat ishlab chiqarishi va fan-texnika taraqqiyoti bilan chambarchas boglikdir. Dehqonchilik tizimi yerga egalik shakli, yerga ishlov berish texnikasi va agronomiya fani taraqqiyotiga, shuningdek, tabiiy sharoitlarga bogʻliq holda takomillashib bordi. Dehqonchilik tizimi taraqqiyoti dehqonchilikni intensivlashning turli bosqichlarini aks ettiradi Deqqonchilikning quyi shakllaridan yuqori shakllariga oʻtila borgan sayin haydaladigan yerlarda yetish-tiriladigan q. x. ekinlari turli guruhlarining nisbati, xususan, don, texnika va ozuka ekinlarining muayyan nisbatda yetishtirilishi Dehqonchilik tizimining eng muhim belgisi boʻlib qoladi. Samaradorlik darajasiga koʻra, Dehqonchilik tizimi 4 guruhga boʻlinadi: ibtidoiy, ekstensiv, oraliq va intensiv.

Jamiyat taraqqiyotining ibtidoiy jamoa tuzumi davridan boshlab shakllana boshlagan ibtidoiy dehqonchilik tizimlarida ochilgan va oʻzlashtirilgan yerning bir qismida — kichik yer maydonlarida deqqonchilik qilingan. Qolgan yerlar tabiiy oʻtlar bilan band boʻlgan. Tuproq unumdorligi odamning ishtirokisiz oʻsimliklar, mikroorganizmlar taʼsirida tabiiy yoʻllar bilan tiklangan. U davrda yerga xususiy mulkchilik boʻlmagan, dehqonlarning ixtiyorida qoʻriq yerlar mikdori cheklanmagan, yer ibtidoiy usulda ishlangan, yerning quvvati ketib hosildorlik pasaygach, u yer tashlanib, boshqa yangi yer oʻzlashtirilgan. Uzoq muddatga (15—20 yillar) tashlab qoʻyilgan yer maydonining unumdorligi tabiiy yoʻl bilan kayta tiklangan. Bunday dehqonchilik qoʻriq yer D. t. nomini olgan. Keyin-chalik ilgari foydalanilgan yerlarga kaytib kelib ekin ekishgan. Shunday qilib, qoʻriqer Dehqonchilik tizimi partover Dehqonchilik tizimi gaalmashingan. Ekstensiv Dehqonchilik tizimi (asosan oʻrta asrlarda yuzaga kelgan) oʻtmishda qoʻllanilib kelgan tizimlarning yanada mukammallashtirilgan koʻrinishidir. Bunda haydashga yaroqli barcha yerlarning yarmi yoki ularning koʻpchilik qismi shudgorlanib, asosan, gʻalla ekilgan. Tuproq unumdorligi tabiiy tiklanishi jarayonlari inson tomonidan toza shudgorga ishlov berish, koʻp yillik oʻtlar ekish bilan qis-man boshqarilgan. Bunda yerni uzok, muddat bekorga tashlab qoʻyish emas, balki yerni begona oʻtlardan toza tutish va unumdorligini oshirish maqsadida donoʻt almashlab ekishda koʻp yillik oʻtlar va chopiqtalab ekinlarni ekish, dam berilgan shudgorlarni qayta ishlash yoʻli bilan tuproq unumdorligini tartibga solib turish, koʻp yillik oʻtlarni ekish xarakterlidir.

Aholining oʻsishi va oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning ortishi Dehqonchilik tizimini ham oʻzgartirdi, yaʼni yerni uzoq muddat ekmay tashlab qoʻyish emas, balki yerni begona oʻtlardan toza tutish va unumdorligini oshirish maqsadida bir yoz shudgorlab qoʻyish usuli qoʻllanadigan boʻldi. Bu shudgor D. t. d deb ataldi. Bunda bir dala yozi bilan shudgor qilib qoldirilsa, ikkinchi dala ekin bilan band qilinadi. Shudgorlash Dehqonchilik tizimida haydaladigan yerlardan tashqari, oʻtloq-yaylov yerlar ham boʻlgan. Keyinchalik bu yerlar ham haydalib shudgor Dehqonchilik tizimiga kiritila boshlandi. Bu tizimni tuproq unumdorligini oshirishdagi birinchi urinish desa boʻladi. Unda ekinlarni navbatlab ekish tartibi, tuproqni ishlash (asosiy qurol omoch va yogʻoch mola) va goʻng b-n oʻgʻitlash mavjud edi. Yogʻingarchilik yetarli miqdorda boʻlgan yillari shudgorga chopiq qilinadigan ertagi poliz yoki yem-xashak ekinlari ekilgan.

17—18-a. larda sanoatning rivojlanishi, shaharlarning kengayishi, aholining oʻsishi va oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning orti-shi, chorvachilikning rivojlanishi Dehqonchilik tizimini ham oʻzgartirdi.

Oraliq Dehqonchilik tizimi (kapitalizmning q. x. ishlab chiqarishiga kirib kelishi darajasiga qarab qoʻllanilgan) ekishga yarokli yerlardan toʻliq va samarali foydalanish hamda odamning tuproq unumdorligini tiklashga taʼsiri kuchayishi b-n ajralib turadi. Tabiiy yem-xashak resurslarining yetishmasligi, tabiiy oʻtlokdar maydonining qisqarishi, yem-xashak ekinlari (beda, yoʻngʻichgʻa, ildizmevalilar) ekishni taqozo qildi. Dondam berilgan shudgor Dehqonchilik tizimini yanada takomillashtirish, koʻp yillik oʻtlar yoki chopiq qilinadigan ekinlar — dondam berilgan shudgor almashlab ekishni qoʻllash, organik oʻgʻitlarni koʻproq ishlatish, tuproqqa yaxshi ishlov berish bu tizimning asosiy belgilaridir. Bunda ekishga yarokli yerlardan unumliroq foydalaniladi.

Intensiv Dehqonchilik tizimi (Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 18-a. oʻrtalaridan qoʻllanila boshlagan) dalali (navbatlab) ekish Dehqonchilik tizimi, chopiq qilinadigan ekinlar Dehqonchilik tizimi, yemxashak ekinlari Dehqonchilik tizimi ekishga yarokli yerlardan 100 foiz yuqori hosildor ekinlar ekib foydalanish, oraliq ekinlarni ekish bilan tavsiflanadi. Bu D. t. da haydaladigan jami yerlar don, dukkakli don, texnika va yem-xashak ekinlari bilan band qilinadi. Intensiv Dehqonchilik tizimida chopiq qilinmaydigan ekinlar (donli, dukkakli ekinlar) bilan chopiq qilinadigan ekinlar (gʻoʻza, kanop va b.) ni almashlab ekish yoʻli bilan tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, organik va mineral oʻgʻitlardan samarali foydalanish, tuproqni ishlash; ekishga yarokli yerlarda bozor talablariga qarab tovar mahsulotlar beradigan ekinlarni yetishtirish, kompleks mexanizatsiyani qoʻllash, sugʻorish, erozi-yaga qarshi kurash xarakterlidir.

Oʻrta Osiyo dehqonchiligi tarixida yuqorida keltirilgan jami tizimlardan foydalanilgan. 20-a. ning 20-y. laridan boshlab sugʻoriladigan mintaqalarida chopiq qilinadigan ekinlar almashlab ekish tizimi vujudga keldi. Sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida bunday Dehqonchilik tizimida chopiq qilinadigan ekinlar, ayniqsa gʻoʻza—gʻalla—beda almashlab ekishda haydaladigan yerlarning 50—70% ni egallaydi. Toza shudgor (dam berilgan yerlar) deyarli uchramaydi. Yerlardan yanada unumli foydalanish maqsadlarida asosiy ekindan boʻshagan yerlarga oraliq, qoplama, takroriy ekinlar koʻp ekiladi. Almashlab ekishning oʻt dalasiga bedadan tashqari makkajoʻxori, oq joʻxori, lavlagi, xashaki poliz ekinlari (chorvachilik uchun) ekiladi. Oʻzbekistonda har bir viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun ilmiy asoslangan zonal Dehqonchilik tizimi ishlab chiqilgan, bu Dehqonchilik tizimi quyidagi tarkibiy qismlarni (kenja tizimlarni) oʻz ichiga oladi: almashlab ekish, tup-roqni ishlash tizimi; oʻgʻitlash tizimi; begona oʻtlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurash tadbirlari; sugʻorish va melioratsiya; tuproqni eroziyadan asrash; mashinalar tizimi va b. Yerlarning unumdorligini oshirish uchun almashlab ekishning va tuproqni ishlashning oqilona usullari qoʻllaniladi, yetishtirilayotgan ekinlarga melioratsiya va sugʻorish talabiga koʻra koʻp miqsorda organik va mineral oʻgʻitlar solib turiladi, suv va shamol eroziyasiga qarshi kurash olib boriladi va h. k. (yana q. Almashlab ekish, Dehqonchilik, Dehqonchilikning asosiy konunlari).

Abdurahim Ermatov.


Lotin alifbosida maqola: DEHQONCHILIK TIZIMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DALA IHOTA OʻRMONZORLARI
ALMASHLAB EKISH
DEHQONCHILIK
BUYUK BRITANIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты