BOTIRMIRZAYEV Zaynalobiddin Noʻxayevich (1897, Dogʻiston, Oqsoy qishlogʻi — 1919.10.10, Batayurt) — qoʻmiq shoiri, qoʻmiq dramaturgiyasining asoschisi. N. Botirmirzayevning oʻgʻli. Qozon, Astraxon sh. da oʻqigan, soʻngra oʻqituvchilik qilgan. 1916-y. da otasi b-n Xasavyurtda T«ong choʻlponi» adabiydramatik toʻgaragini tuzgan va shu nomda jur. chop ettirgan (1917). Dogʻistonda chiqqan «Ishchi xalqi» gaz. ga muharrirlik qilgan. «Doniyolbek», «Madrasaga mulla keldi» (1916—17) va b. pyesalari bilan qoʻmiq dramaturgi yasiga asos solgan. Juda oz sheʼrlari saqlanib qolgan. Botirmirzayev asarlari ommaning baxti uchun kurash gʻoyalari bilan sugʻorilgan. Denikinchtlpdf tomonidan otib oʻldirilgan.