BOTU

BOTU (taxallusi; asl ismi Mahmud Hodiyev) (1904.15.5, Toshkent — 1938.9.5) — shoir, jurnalist. Rustuzem maktabi (1914—17), oʻqituvchilar tayyorlash kursi (1918—20), Moskva davlat untining iqtisod f-ti (1921 — 27) da oʻqigan. «Fargʻona» gaz., «Alanga» jur. da bosh muharrir, ayni vaqtda Oʻzbekiston xalq maorifi komissari oʻrinbosari boʻlib ishladi (1928 — 30). Dastlabki sheʼrlarida Munavvar qori singari milliy istiqlolchilar taʼsiri seziladi. «Umid uchqunlari» (1925), «Toʻlqin tovushlari» (1929) toʻplamlari nashr etiladi. U yangi tuzumga chin dildan ishongan, xalqqa haqiqiy tenglik, ozodlik, baxtsaodat beradi, deb umid qilgan. Shu maʼnoda yangilikni, yoshlikni, Xotin-qizlar ozodligini kuyladi. Botu «Yangi qishloq» (1928), «Hoshim jon», «Tursun» (1929), shuningdek bolalarga bagʻishlangan hikoyalari («Bolalar yolgʻoni», «Mening kitobim» va b.)da yangi ijtimoiy munosabatlar hamda bolalar dunyosi ruhiyatini tasvirladi.

Botu oʻzbekarab alifbosini lotin grafikasi asosidagi alifboga almashtirish tashabbuskorlaridan boʻlgan (1920). Tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalariga oid bir qator maqolalar muallifi. Botu 1930-y. da nohaq ayblanib, qamoqqa olindi va qatagʻon qurboni boʻldi. Toshkent koʻchalaridan biriga va maktabga Botu nomi qoʻyilgan.

As: Yoz kuni: sheʼrlar, dostonlar, hikoya va maqolalar, T., 1980.

Ad:. Sharipov B., Shoir va jamoatchi, T., 1989.


Lotin alifbosida maqola: BOTU haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUYUK BRITANIYA
BOLGARIYA
BELORUSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты