BOSHQIRDMISHAR QOʻSHINI

BOSHQIRDMISHAR QOʻSHINI — Orenburg chegara chizigʻini harbiy jihatdan taʼmin etish maqsadida Rossiya hukumatining 1798-y. da Orenburg, Samara va Vyatka gubernyalarida kazak qoʻshinlariga oʻxshab tuzgan nomuntazam qoʻshini. Alohida Orenburg korpusi komandiriga boʻysungan. Qoʻshin hududi oʻz-oʻzini boshqarish huquqiga ega boʻlgan 12 kantonga boʻlingan. Dastlab Boshqirdmishar qoʻshini 5—5,5 ming kishilik qoʻshindan iborat boʻlgan. 1812-y. dagi FransiyaRossiya urushida va 1813—14 y. lardagi xorijiy yurishlarda (20 polk), 1828—29 y. lardagi rusturk urushida (2 polk), 1839-y. gi Xiva yurishida hamda 1853—56 y. lardagi Qrim urushida (2 polk) qatnashgan. 1865-y. tugatilgan.


Lotin alifbosida maqola: BOSHQIRDMISHAR QOʻSHINI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUXORO XONLIGI
AMIR TEMUR
BUYUK BRITANIYA
ALISHER NAVOIY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты