CHILONJIYDA

CHILONJIYDA, unabi, xitoy xurmosi (Ziziphus Mill.) — jumrutdoshlar oilasi, zizifus turkumiga mansub daraxt yoki buta; ekiladigan meva daraxti. Osiyo, Afrika, Shim. Amerika, Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalarida oʻsadigan 50 dan ortiq turi maʼlum. Jumladan, Oʻrta Osiyoning togʻli hududlarida mayda mevali yovvoyi turi oʻsadi. Xitoy Ch. si (unabi; Z.jujuba Mill.) madaniylashtirilgan. Yaponiya, Xitoy, Pokiston, Afgʻoniston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmanistonda ekiladi. Daraxti bal. 8 — 12 m ga boradi, tanasining yoʻgʻonligi 40—60 sm (baʼzan 4 m li buta holida oʻsadi). 100-y. dan ortiq yashaydi.

Bargi tuxumsimon, yaltiroq, chetlari mayda arra tishli. May oxiri — iyul boshlarida gullaydi, gullashi 30—35 kun davom etadi. Guli xushboʻy, ikki jinsli, mayda, sargʻimtirkoʻkish. Oʻzidan va chetdan changlanadi. Mevasi 26 — 32 g, uz. 3—3,5 sm, noksimon, tuxumsimon, qizgʻishjigarrang, yaltiroq, poʻsti qattiq. Sent. oxirida pishadi. Eti och yashil, oq, shirin. Tarkibida 19—20% qand, 0,3— 0,5% kislota, 2,8—2,9% oqsil, 1,73% kul moddasi, 500—523 mg% S va R, A vitaminlari; ildiz, barg va poʻstlogʻida 4—9,5% oshlovchi modda bor; shifobaxsh.

Chilonjiyda namsevar, qurgʻoqchilik va sovuqqa chidamli, bahorgi qorasovuqsan zararlanmaydi. Koʻchati oʻtqazilgach 2—4yili hosilga kiradi. 18—20 yoshida bir tup daraxti 40—45 kg meva beradi. Hosildorligi 150—200 s/ga. Qalamcha, payvandlash yoʻli bilan hamda urugʻidan koʻpaytiriladi. Mevasi yangiligida yeyiladi, quritiladi, sukatlar, murabbo, kompotlar, konserva qilinadi.

Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida 1967-y. dan Xitoy va 1934-y. da Kaliforniya (AQSH)dan keltirilgan Tan Yanszao, U Sinxun navlari ekiladi.

Zararkunanda va kasalliklari. Chilonjiyda kasallik va zararkunandalarga chidamli. Mevasiga Chilonjiyda pashshasi katta zarar yetkazadi. Kurash choralari qoʻllanilmaganda chilonjiyda pashshasi qurtlari mevaning 90—95% ini zararlaydi.

Ad..Toshmatov L., Chilonjiyda, T., 1962; Pomologiya Uzbekistana, T., 1983; Ahm ye do v Oʻ. A., Xol matov H. H., Chilonjiyda dorivor oʻsimlik, T., 1993.


Lotin alifbosida maqola: CHILONJIYDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AFGʻONISTON
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ANOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты