CHIGʻIR

CHIGʻIR — 1) yuklarni koʻtarish yoki siljitish uchun moʻljallangan mashina; barabanga oʻraladigan poʻlat arqon (kanat) yordamida amalga oshiriladi. Harakatlantirish turiga koʻra, dastaki yoki mashina (elektr dvigatel, ichki yonuv dvigateli va b.) bilan harakatlanadigan, oʻrnatilishiga koʻra muqim (statsionar) va koʻchma xillarga boʻlinadi. Chigʻir harakatlantiruvchi kiyem, reduktor, baraban, tormoz va yuk koʻtaradigan egiluvchan element (kanat yoki zanjir) dan iborat. Yuk koʻtaruvchanligi 250 kg dan 20 t gacha, yuk koʻtarish tezligi 0,5—1 m/s. Ch. yuklarni koʻtarish, tushirish, ayrim hollarda gorizontal yoʻnalish boʻyicha tashishda ishlatiladi. Chigʻirdan koʻtarishtashish mashinasi yoki murakkab kranlarning koʻtarish mexanizmi sifatida foydalanish mumkin;

2) suv sathi sugʻoriladigan yer sathidan pastda boʻlgan joylarda suvni yuqoriga koʻtarib beradigan qad. eng oddiy gidravlik moslama; uy hayvonlari, odam yoki oqar suv kuchi bilan harakatga keltirilgan. Qadimda Misr, Hindiston, Xitoy, Oʻrta Osiyo va b. oʻlkalarning sugʻorish tizimlarida qoʻllangan. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, oqar suv kuchi bilan harakatlantiriladigan Ch. Oʻrta Osiyoda (ayniqsa, Xorazmda) 9 — 11a. larda keng tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: CHIGʻIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HINDISTON
ICHKI YONUV DVIGATELI
DVIGATEL
MISR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты