CHUMIZA

CHUMIZA, Xitoy qoʻnogʻi (Setaria italica maxima) — boshoqsoshlar oilasiga mansub bir yillik madaniy oʻsimlik; ozuqabop va donli ekin. Koreya, Hindiston, Mongoliya, Yaponiya, Ukraina, Belorussiya, Gruziya, Shim. Kavkaz, Uzoq Sharqda yetishtiriladi. Chumiza oziq-ovqat (yorma va un) va yemxashak uchun ekiladi. 100 kg koʻk massasida 15,5 kg ozuqa birligi va 21,1 kg hazm boʻladigan protein; xashagida 55 kg ozuqa birligi va 3,4 kg hazm boʻladigan protein bor. Koʻk massasi, pichani va silosi qoramollarga, qoʻylarga, otlarga, doni barcha chorva hayvonlariga beriladi. Chumiza qurgʻoqchilikka chidamli, issiqsevar, yotib qolmaydigan oʻsimlik. Urugʻi 5° da unib chiqadi. Doni uchun keng qator oralab, qator oralari 45— 60 sm (10—12 kg/ga) qilib, pichan uchun qatorasiga ekiladi. Oʻsish davri 70—80 kundan 120—140 kungacha davom etadi. Gektaridan 250—300 s gacha koʻkpoya, 40 s gacha don, 50—70 s pichan beradi.


Lotin alifbosida maqola: CHUMIZA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
XITOY
UKRAINA
BELORUSSIYA
MONGOLIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты