CHUMOLIXOʻRLAR

CHUMOLIXOʻRLAR (Myrmecophagidae) — chala tishlilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. 3 uruqqa mansub 3 turi bor: katta Chumolixoʻrlar (gavdasi 100 — 120 sm, dumi 60—90 sm, ogʻirligi 18—23 kg), tamandua (gavdasi 55 sm cha, ogʻirligi 3—5 kg), kichik Chumolixoʻrlar (gavdasi 18 sm cha, dumi 20 sm cha, ogʻirligi 0,5 kg cha). Katta Chumolixoʻrlarning yelkasi va dumidagi tuklar juda uzun (40 sm cha), tumshugʻi naysimon, tishlari yoʻq; oldingi oyoqlaridagi tirnogʻi mustahkam, ilmoqsimon qayrilgan. Tamandua va kichik Chumolixoʻrlar dumi tuksiz. Chumolixoʻrlar okshomda va tunda faol. Asosan, chumoli va termitlar uyasini buzib, ularni yopishqoq uzun (60 sm cha) tili bilan tutib yeydi. Yilda bitta bola tugʻadi. Ch. Meksikadan Boliviyagacha boʻlgan joylarda, Braziliya va Shim. Argentinaning tropik oʻrmonlari hamda butazor dashtlarida tarqalgan. Katta Chumolixoʻrlar kamayib ketgani uchun muhofazaga olingan.


Lotin alifbosida maqola: CHUMOLIXOʻRLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BRAZILIYA
Abdulhay Karimov - To’y bola
YER
JANUBIY AMERIKA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты