CHUQURLIK OʻLCHAGICH

CHUQURLIK OʻLCHAGICH — 1) detallardagi teshiklar, oʻyiklar, rezbalarning botiklari va b. chuqurligini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Chuqurlikning oʻlchami aniqlanadigan hisoblash qurilmasining xiliga qarab, Chuqurlik oʻlchagich shtangen, mikrometrik va indikatorli turlarga boʻlinadi. Shtangen Chuqurlik oʻlchagich asosli ramka, shtanga, mikrometrik mexanizm va nonius (darajalangan reyka) dan iborat. Uning ulchash chegarasi 320 mm gacha, bulinmasining qiymati 0,05 mm hamda oʻlchash chegarasi 500 mm gacha, bulinmasining qiymati 0,1 mm boʻlgan xillari bor (q. Shtangensirkul). Mikrometrik Chuqurlik oʻlchagich asos, darajalangan sterjen, oʻlchash sterjeni, baraban, tartarak va stopor (qotirgich) dan iborat. Uning oʻlchash chegarasi 150 mm gacha, bulinmasining qiymati 0,01 mm. (q. Mikrometr). Indikatorli Chuqurlik oʻlchagich asos, tutqich, indikator va ulchash sterjenidan iborat. Uning ulchash chegarasi 100 mm gacha, bulinmasining qiymati 0,01 mm. Mikrometrik va indikatorli Chuqurlik oʻlchagichlar almashtirib tursa boʻladigan oʻlchash sterjeni bilan taʼminlanadi. Kursatkichlar bevosita mikrometr yoki indikator buyicha hisoblanadi. Shtangen Chuqurlik oʻlchagich larda koʻrsatkichlar bevosita darajalarga boʻlingan reykadan oʻlchanadi;

2) suvning chuqurligi oʻlchanadigan asbob (q. Lot, Exolot).



SHTANGENSIRKUL
YER
HINDISTON
BURCHAK OʻLCHAGICH
MIKROMETR


Добавить комментарий