CHOʻPONDEPE

CHOʻPONDEPE, Choʻpontepa — mil. av. 6—5ming yilliklar (neolit davri)ga oid arxeologik yodgorlik. U ilk sugʻorma dehqonchilik madaniyatiga mansub (q. Joytun madaniyati). Ch. Ashxobod viloyatining Goʻkdepe tumani markazidan 7—8 km sharkda joylashgan. 1957—58 y. larda qayd etilib, qazishmalar oʻtkazilgan. Choʻpondepe uzunchoq shaklda boʻlib, bal. 5 m, mayd. 2 ga dan iborat. Bir necha ming yilliklar davomida Choʻpondepeda kechgan oʻtroq hayot izlari yodgorlik sahni ostida 6 m li kalin likdagi madaniy qatlamda saqlanib qolgan. Qazish jarayonida uning yuqori va ostki qatlamlaridan turar joy xarobalari kavlab ochilgan. Murabbaʼ shakldagi uylar yirik guvala (diametri 20—25 sm, uz. 60—70 sm li)lardan somonli loy bilan bino qilingan. Xona devorlari sahni somonli loy bilan suvalgan. Xonaga torgina eshik orqali kirilib, ichkarisida guvaladan barpo etilgan ulkan oʻchoq, tashqarisida esa, hovli, xoʻjalik oʻrasi va kataklari joylashgan. Kazishmalardan 2 mingdan ortiq mikrolit tosh qurollar (qadama oʻroq, qirgʻich, oʻroqranda, teshgich, parma), qoʻlda yasalgan sopol idish (kosa, tovoq va xumchalar), turli hayvonlarning suyaklari (echki, qoʻy, buqa, jayran, it, tulki va b.) va koʻmirga aylangan don qoldiqlari (asosan, arpa, bugʻdoy) topilgan. Sirti silliklangan sopol idishlarning ayrimlariga toʻq jigarrang yoki och malla rangli toʻlqinsimon yoki yarim doira shakllardagi naqshlar berilgan. Topilmalardan maʼlum boʻlishicha, Choʻpondepe liklar, asosan, sugʻorma dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shugʻullangan boʻlsalarda, ovchilik ham ular hayotida muhim oʻrin tutgan.

Ad.: Masson V. M., Srednyaya Aziya i Drevniy Vostok, M. L., 1964.


Lotin alifbosida maqola: CHOʻPONDEPE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
XORAZM
OʻTROQLIK
TURAR JOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты