CHOʻCHQACHILIK

CHOʻCHQACHILIK — chorvaniyaiknpng choʻchqalarni urchitish, ulardan goʻsht, yogʻ, teri va b. mahsulotlar olish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi; choʻchqalar biologiyasi, seleksiyasi, zootexnikasi, xoʻjalik ahamiyatini oʻrganadigan fan.

Choʻchqachilik chorvachilikning juda qad. tarmoqlaridan biri. Shaxarlarning yiriklashuvi, aholining goʻsht va boshqa chorvachilik mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlari ortib borishi bilan Choʻchqachilik ham jadal rivojlandi. 18-a. dan Amerikada mahalliy choʻchqa zotlarini bu yerga olib kelingan yunonrim va qad. xitoy zotlari bilan chatishtirib, yangi sermahsul zotlar chiqarildi, tovar Ch. dan naslchilik Ch. ajralib chikdi, seleksiya ishlari olib borildi, naslchilik kitoblarini yuritish boshlandi, natijada yorkshirlar, berkshirlar kabi yuqori mahsuldor choʻchqa zotlari yaratildi.

Choʻchqachilik jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda goʻsht maqsulotlari yetishtirishda samarali soha hisoblanadi. Jahon boʻyicha choʻchqalar soni 912,7 mln. boshni tashkil etadi (1999); Afrika mamlakatlari (mln. bosh) (27,0), Xitoy (429,1), AQSH (62,2), Braziliya (27,4), Ispaniya (21,6), Rossiya (17,3) va b. da yirik choʻchqachilik fermalari tashkil etilgan. Choʻchqa goʻshti yetishtirishning deyarli yarmi Osiyo mamlakatlari hiseasiga toʻgʻri keladi. ʻ Oʻzbekistonda Choʻchqachilik, asosan, 19-a. ning 2yarmida, Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin bu yerga koʻchib kelgan yevropalik aholi orqali paydo boʻldi. 1960-y. larga qadar issiq iqlim noqulayliklariga qaramay, davlat va jamoa xoʻjaliklarining Choʻchqachilik fermalarida va, asosan, rus, ukrain, belorus va b. yevropalik aholining shaxsiy xoʻjaliklarida rivojlandi. Rossiya, Ukraina, Kavkazdan sermahsul oq choʻchqa, Ukraina dasht oq choʻchqasi, Shim. Kavkaz va landras choʻchqa zotlari keltirildi. Oʻzbekiston chorvachilik intida Choʻchqachilik boʻlimi tashkil etildi. Choʻchqachilik bilan shugʻullanadigan naslchilik zdlari, xoʻjaliklari va fermalari barpo etildi. 1960—91 y. larda Choʻchqachilik sanoat asosida jadal rivojlantirilgan. Toshkent, Samarkand, Jizzax viloyatlarida ixtisoslashgan Choʻchqachilik komplekslari qurildi, jumladan, 108 ming boshga moʻljallangan «Gʻallaquduq», 54 ming boshga moʻljallangan «Sirgʻali» va «Rassvet» komplekslari ishga tushirildi. 1990-y. da barcha toifadagi xoʻjaliklarda choʻchqalar soni 716 ming boshga yetdi, 47 ming t choʻchqa goʻshti tayyorlandi. 1991-y. dan keyin q. x. da oʻtkazilgan iqtisodiy islohotlar davomida Choʻchqachilik fermalari xususiylashtirildi. Oʻzbekistonda 85,3 ming bosh choʻchqa boqildi, 5 ming t goʻsht tayyorlandi (2003).

Oʻzbekiston chorvachilik i. t. instituti choʻchqachilik boʻlimida Choʻchqachilik ishlarini tashkil etish, choʻchqalarni parvarish qilish va ulardan sifatli mahsulot olish kabi mavzular boʻyicha tadk,iqot ishlari olib boriladi. Oliy va maxsus q. x. oʻquv yurtlarida Choʻchqachilik fan sifatida oʻqitiladi.

Ubaydulla Nosirov, Izatulla Eshmatov.


Lotin alifbosida maqola: CHOʻCHQACHILIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
CHORVACHILIK
FRANSIYA
SELEKSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты