DAVLAT BAYROGʻI

DAVLAT BAYROGʻI — davlatning asosiy ramzlaridan biri: rasmiy, boshqa davlatlardan farqlovchi belgisi, emblemasi. Davlat bayrogʻining tasviri maxsus qonun yoki konstitutsiya bilan belgilanadi. Davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi. U gerb yoki boshqa emblema tasvirlangan bir yoki koʻp rangli alvondan iborat boʻladi (jahondagi davlatlar bayroqlari tasviri haqida tegishli maqolalarga q.). D. b. davlat mu-assasalari, elchixonalar, konsulliklar, vakolatxonalar, bojxonalar va h. k. binolarida koʻtariladi. Milliy bay-ramlar kunlari elchixonalar, vakolatxonalar, konsulliklar oʻz mamlakati bayrogʻini koʻtaradi. Davlat bayrogʻi, shuningdek, marosimlar paytida, xalqaro sport so-vrinlari topshirilayotganda va b. xrllarda ham koʻtariladi.

Oʻzbekistan Respublikasi Davlat bayrogʻining sxematik va rangli tasviri «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogi toʻgʻrisida»gi qonun (1991-y. 18 noyab.) da tasdiklangan. Oʻzbekistan Respublikasi Davlat bayrogʻi bayroqning butun uzunligi boʻylab toʻq moviy rang, oq rang va toʻq yashil rangli uchta endan tashkil topgan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning yuqori qismida yarim oy va 12 yulduz tasviri tushirilgan. Bayroqning uz. 250 sm, kengligi 125 sm ga teng (155-b. dagi tasvirga q.). Oʻzbekistan Respublikasining Davlat bayrogʻi xalqaro maydonda; OʻzR rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chogʻida, xalqaro tashkilotlarda, anjumanlarda, jahon koʻrgazmalarida, sport musobaqalarida OʻzRning timsoli boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi D. b. va uni koʻtarish bilan bogʻliq tartib-qoidalar yuqoridagi qonunda belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi doimiy suratda, jumladan, mamlakat Prezidenta, Oliy Majlis, Oʻzbekiston huku-mati, xalq deputatlari mahalliy kengashlari, hokimliklar ish olib borayotgan binolarda, Oʻzbekistonning rasmiy delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda, bayram kunlari — vazirliklar, davlat qumitalari va muassasalari, korxonalar va tashki-lotlar binolari, shuningdek, uy-joy binolarida koʻtariladi.


Lotin alifbosida maqola: DAVLAT BAYROGʻI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Nelly - Bay [Wal-Mart Bonus Track]
TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты