DAVRIY KASR

DAVRIY KASR — raqamlarining bir qismi cheksiz takrorlanadigan cheksiz oʻnli kasr. Mac, 3,19272727…; bu kasrni qisqacha 3, 19 (27) kabi yozish mumkin, yaʼni davr deb ataluvchi cheksiz takrorlanadigan raqamlar qismi qavs ichiga olingan (bu misolda «davrda 27» deyiladi). Agar Davriy kasrning davri verguldan keyin darhol boshlansa (mas, 5,767676…), bundan kasr sof Davriy kasr deyiladi, agar verguldan keyin davr oldida raqamlar boʻlsa (mas, 4,21666…), bunday kasr aralash Davriy kasr deyiladi. Har bir ratsional son (yaʼni oddiy kasr) ni oʻnli kasr bilan tasvirlanganda hamma vaqt chekli oʻnli kasr yoki Davriy kasr hosil boʻladi. Har bir Davriy kasrni oddiy kasrga aylantirish mumkin (yaʼni u biror ratsional songa teng).


Lotin alifbosida maqola: DAVRIY KASR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KASR
XITOY
TEMURIYLAR
MATEMATIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты